Husanovga “Manchester Siti”dan noxush xabar yetkazildi


“Manchester Siti”ning oʻzbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov ingliz jamoasidagi noxush xabarni eshitdi.
Holand ketishi mumkin
APLning amaldagi chempionlarining asosiy muammosi norvegiyalik hujumchi Erling Xolandning ketishi boʻlishi mumkin. Avvalroq, jamoa bosh toʻpurari jamoadan koʻngli qolgani va allaqachon Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” va Myunxenning “Bavariya” klublarini koʻz ostiga olayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Husanovchi?
Bu ketish yangi kelgan Husanovga ham taʼsir qilishi mumkin. Maʼlum boʻlishicha, “shaharliklar” qarorgohidagi dastlabki kunlarda oʻzbekistonlik futbolchi Xolanddan katta ruhiy dalda olgan.
“U (Xoland) uni (Husanov) xato qilganida ham, gʻalaba qozonganida ham yolgʻiz qoldirmasdi. Bunday oʻyinchi bilan bir jamoada boʻlish yosh futbolchi uchun katta muvaffaqiyatdir,” — deyiladi Zamin nashri xabarida.
Eslatib oʻtamiz, norvegiyalik futbolchi 2022-yilning iyul oyida “Borussiya” Dortmunddan 50 million yevro evaziga Manchesterga koʻchib oʻtgan edi. Joriy mavsumda Holand 40 ta oʻyinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Husanov esa ispaniyalik Pep Gvardiola jamoasi safiga faqat 2025-yilning yanvarida, Fransiyaning “Lans” klubidan 40 million yevro evaziga transfer qilinganida qoʻshildi. Hozircha u chempionatda oltita oʻyin oʻtkazdi.