1
РУ
O’Z
UZS
/
Pul
/
ILMA ipoteka obligatsiyalarini chiqarishda “Tartibga solish qumdoni” tizimini joriy qiladi
15.07.2025

ILMA ipoteka obligatsiyalarini chiqarishda “Tartibga solish qumdoni” tizimini joriy qiladi

ILMA ipoteka obligatsiyalarini chiqarishda “Tartibga solish qumdoni” tizimini joriy qiladi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) ipoteka obligatsiyalari sohasida tajriba loyihalarini amalga oshirish uchun “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini yo‘lga qo‘yishga doir nizomni tasdiqladi.

Mazkur hujjat 2025-yil 14-iyul sanasida Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatiga olindi. Unda ushbu huquqiy rejimda ishtirok etuvchi subyektlarni aniqlash, ro‘yxatga olish va ularning faoliyatini kuzatib borish tartibi belgilab berilgan.

Nizom quyidagi jihatlarni o‘z ichiga oladi:

  • ariza topshiruvchilarga qo‘yiladigan talablar;
  • ariza berish va uni ko‘rib chiqish tartibi;
  • maxsus rejim ishtirokchilari reyestrini yuritish;
  • ularning faoliyatini monitoring qilish va nazorat qilish bosqichlari;
  • hisobotlar topshirish va qumdon rejimidan chiqarish mexanizmlari.

Bu ILMA tomonidan ipoteka obligatsiyalarini chiqarish bilan bog‘liq eksperimental loyihalarni amalga oshirishga tayyorgarlik sifatida ishlab chiqilgan ilk huquqiy asos bo‘lib, bozor mexanizmlarini xavfsiz muhitda sinovdan o‘tkazish imkonini beradi.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.