Tom Holland Kristofer Nolanning “Odissey” filmi suratga olish ishlari haqida so‘zlab berdi


“O‘rgimchak odam” filmi yulduzi Tom Holland “Odissey” epopeyasini suratga olish jarayonidan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Kristofer Nolanning filmi 2026-yil 17-iyulda ekranlarga chiqadi.
“Bu ajoyib bo‘ldi. Shubhasiz, bu suratga olish maydonida orttirgan eng yaxshi tajribam bo‘ldi. Aql bovar qilmaydigan darajada. Bu juda hayajonli edi. Bu butunlay boshqacha edi. Va o‘ylaymanki, bu film biz shu paytgacha ko‘rgan hamma narsadan farq qiladi”, — dedi Holland GQ Sports nashriga bergan intervyusida.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Aktyor filmda bosh qahramon, shoh Odisseyning o‘g‘li Telemax rolini ijro etdi (Odissey rolini Mett Deymon o‘ynagan). Filmga Gomerning shu nomdagi dostoni asos qilib olingan. Syujetga ko‘ra, Odissey Troya urushidagi g‘alabadan so‘ng o‘z vatani Itaka oroliga qaytadi.
Film to‘liq IMAX plyonkasiga suratga olingan. Rollarni, shuningdek, Zendeya, Enn Xeteuyey, Sharliz Teron, Robert Pattinson, Lupita Niongo, Jon Berntal va boshqalar ijro etishgan. “Odissey”ning birinchi tizeri kelasi haftaning o‘zidayoq rasman internetda paydo bo‘lishi mumkin.