верхний лего
РУ
O’Z
UZS
/
/
Registon maydoni dunyodagi eng goʻzal joylar roʻyxatiga kirdi
19.04.2025

Registon maydoni dunyodagi eng goʻzal joylar roʻyxatiga kirdi

Registon maydoni dunyodagi eng goʻzal joylar roʻyxatiga kirdi

TimeOut jurnali Samarqanddagi Registon maydonini dunyodagi eng goʻzal 44 ta joy qatoriga kiritdi, deb xabar bermoqda Turizm qoʻmitasi.

Taʼkidlanishicha, nashr dunyo boʻylab tajribali sayohatchilarning fikrlarini toʻplab, ular tashrif buyurgan eng goʻzal joylar haqida soʻzlab berdi. Natijada, dunyoning eng ajoyib goʻshalariga yoʻl koʻrsatuvchi qoʻllanma sifatida foydalanish mumkin boʻlgan roʻyxat tuzildi.

Samarqandga tashrif buyurgan sayohatchilar Registon maydonini shunday taʼriflashadi:

“Uchta ulugʻvor inshoot bilan oʻralgan keng maydon — Registon Samarqandning qadimiy qalbi, zamonaviy Oʻzbekistondagi Ipak yoʻli shahrining timsoli hisoblanadi. Registonning XV-XVII asrlarda qurilgan uchta madrasasi ravoqli peshtoqlari, yaltiroq gumbazlari va baland minoralari bilan manzarani tasvirlab beradi. Ular gʻisht, koshin va mozaikalardan yasalgan geometrik naqshlar bilan bezatilgan.

Bu binolar ulugʻvorligi va nafosat uygʻunligida, maftunkorligi va mehmondoʻstligi bilan ajralib turadi. Qosh qorayishi bilan esa ular butun goʻzalligini namoyon etib, nurga burkanadi".

TimeOut — Londonda joylashgan xalqaro kompaniya boʻlib, dunyoning 60 ta shahrida koʻngilochar va madaniy hayot haqida aynan shu nomdagi haftalik jurnalni nashr etadi.

Bu qiziq

"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.