верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Jahongir Otajonov konsertda odamlarga pul sochdi
11.05.2025 (yangilandi 11.05.2025)

Jahongir Otajonov konsertda odamlarga pul sochdi

Jahongir Otajonov konsertda odamlarga pul sochdi

Xonanda Jahongir Otajonov 10-may kuni Toshkent shahridagi Humo Arena sport kompleksida yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Bir kunlik dasturga 6 mingdan ortiq tomoshabin tashrif buyurdi. Ushbu konsert so‘nggi yillarning eng ko‘p muxlis kelgan tadbirlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Muxlislardan birining aytishicha, qo‘shiqchi “Pulim” deb nomlangan taronani ijro etayotgan vaqtda odamlar ustiga maxsus to‘pponcha yordamida 100 dollarlik kupyuralarni sochgan.

Ushbu video ostidagi izohlarda pullar haqiqiy bo‘lganini yozishmoqda. Ayrimlar hattoki 400-500 dollar olganini aytgan. “Shu orqali bilet pulini ham chiqarib oldim”, deb yozadi foydalanuvchi.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.