19.05.2025
Janjal yakun topdi: Ozoda Nursaidova model Sabrinaga 1 xonali uy sovg‘a qildi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Xonanda Ozoda Nursaidova konsert vaqtida model Sabrina Jabborovaga yangi xonadon hadya qildi.
Shu kunlarda “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida qo‘shiqchi Ozoda Nursaidovaning yakkaxon konserti bo‘lib o‘tdi. Unda bir qancha hit taronalar yangradi.
Aynan shu konsertlardan birida xonanda klipini suratga olish vaqtida jarohatlanib, nogiron bo‘lib qolgan model Sabrina Jabborovaga Toshkentdan 1 xonali uy sovg‘a qildi.
“Kelinglar, xafagarchiliklarni unutaylik. Sabrina ham baxtli hayot kechirsin. Yaxshi joylardan kuyov ato qilsin. Hammasi yaxshilik bilan tugadi”, — deb ta’kidlaydi san’atkor.