РУ
O’Z
UZS
/
/
Ispaniyadan qaytgan o‘zbek ayoli o‘z brendini yaratdi, endilkda uning liboslarini butun dunyo sotib olmoqda. AzukarMoreno asoschisidan intervyu
11.11.2024

Ispaniyadan qaytgan o‘zbek ayoli o‘z brendini yaratdi, endilkda uning liboslarini butun dunyo sotib olmoqda. AzukarMoreno asoschisidan intervyu

Ispaniyadan qaytgan o‘zbek ayoli o‘z brendini yaratdi, endilkda uning liboslarini butun dunyo sotib olmoqda. AzukarMoreno asoschisidan intervyu
Muallif
Leyla Li
Kamola Rustamova O‘zbekistonda tug‘ilib voyaga yetgan, ta’lim olgan, keyin esa yangi bilim va tajriba orttirish maqsadida Ispaniyaga ketgan. Vataniga qaytgach, Kamola AzukarMoreno brendi ostida kiyim ishlab chiqarishni boshladi. Yigirma yildan buyon u butun dunyo bo‘ylab sotib olinadigan asl narsalarni yaratadi. U bilan milliy ruh, urf va Nyu-Yorkdagi modalar haftaligi haqida suhbatlashdik.

“Bolaligimdan buvimga kashta tikishda va detallarni tanlashda yordam berardim”

Kamola ijodkorlar oilasida, musiqachilar, rassomlar, aktyorlar muhitida kamol topdi. Bu xotiralarni u o‘ziga xos mehr bilan asraydi, chunki aynan ular uning o‘z brendini yaratishi yo‘lida тамал тошини қўйди.

“Bolaligim - bu mashhur san’at namoyandalari to‘planadigan yorqin, gavjum davralarda kechgan. Bobom rasmlarni to‘plar, san’atkor buvim esa o‘zi uchun qo‘lda bezatilgan sahna liboslarini yaratar edi. Bolaligimdan uning yonida o‘tirib, kashta tikish va detallarni tanlashda yordam berar edim”.

Oilaviy an’analar Kamola uchun tafsilotlar va nozik did qanchalik muhimligini ko‘rsatuvchi birinchi saboqga aylandi. Kamolauning onasi har doim unga va singlisiga uslub tuyg‘usini singdirgan holda farzandlarini chiroyli kiyintirishga harakat qilganini eslaydi.

“Onam har doim kiyim shunchaki buyum emas, balki shaxsiyatning aksidir, deb aytar edi”, - deb eslaydi dizayner.

Bu saboq uning kelgusida kiyimni insonni bezashi va uning ichki dunyosini gavdalantirishi kerak bo‘lgan san’at sifatida ko‘rishiga asos bo‘ldi.

Biroq Kamolaning modaga nisbatan ishtiyoqi kuchliligiga qaramasdan u o‘z maqsadiga erishish yo‘lini tezda topa olmadi. U universitetda O‘zbekistonda kiyim dizayni fakultetida o‘qiyotganida “dizayner” kasbi endigina shakllana boshlayotgan edi. O‘qituvchilar moda biznesini yuritishning amaliy jihatlaridan ko‘ra ko‘proq libos va rassomchilik tarixiga e’tibor qaratishardi.

“Bizga andaza yaratish va kompozitsiya bilan ishlashni o‘rgatishgan, lekin dizayner brendni targ‘ib qilishi kerakligi haqida hech kim aytmagan. Men bunday fikrga keyinroq keldim”, - deb hikoya qiladi u.

“Ispaniya moda haqidagi qarashlarimni butunlay o‘zgartirib yubordi”

Ispaniyaga qilgan safari uning faoliyatida hal qiluvchi lahza bo‘ldi. Dastlab Kamola Parijda yoki Milanda o‘qishni davom ettirishni rejalashtirgan edi, ammo bu juda ham qimmatga tushishini o‘ylab, tahsil uchun u Madridni tanlaydi.

“Men Ispaniyaga ilhom olish uchun borgan edim, lekin aynan ushbu  mamlakat menga bunday ko‘nikmalarni beradi deb o‘ylamagandim. Dastlabki oylarda men muhitni o‘zlashtirdim, mahalliy madaniyatni o‘rgandim. Ispaniya moda haqidagi tushunchamni butunlay o‘zgartirib yubordi”.

Kamola kelganiga bor-yo‘g‘i bir necha oy bo‘lgach, u o‘zining ilk to‘plamini yaratganini va u darhol xorijda muvaffaqiyat qozonganini esga oladi.

 

Ispaniyada u moda biznesining eng muhim jihatini - sotiladigan kiyimlar yaratishni o‘rgandi. O‘zbekistonda o‘sha davr dizaynerlari ko‘proq buyurtma asosida ishlashgan, san’atkorlar yoki alohida mijozlar uchun podium liboslarini yaratishgan. Ispaniyada esa Kamola to‘plamlarni qanday qilib sotiladigan qilish haqida o‘ylash zaruriyati bilan to‘qnash keldi.

“Mening Ispaniyada olgan asosiy sabog‘im - qanday qilib ijodni monetizatsiyalash, mijozlar yana va yana qaytadigan brend yaratishni tushunish bo‘ldi”.

AzukarMoreno brendi nomi ham Ispaniyada tug‘ilgan. Kamola enaga bo‘lib ishlagan dastlabki yillarda kichkina bola uni “azukar”, ya’ni ispancha “shakar” deb ataganini esga oladi. Bolakayning familiyasi - Moreno esa uning uchun kelgusidagi brendining ikkinchi tarkibiy qismiga aylandi.

“Taxallus mening bir qismimga aylandi, 2014-yilda O‘zbekistonga qaytgach esa o‘z biznesimni rivojlantirishga qaror qildim, aynan shu nom mening brendim nomi bo‘lishi kerakligini tushunib yetdim”.

Ammo asosiy mavzuga qaytsak: qanday qilib juda ham har xil bo‘lgan ikki dunyo - O‘zbekiston va Ispaniyaning to‘plamlari uyg‘unlashdi? Bu mamlakatlarning madaniyatlari bir-biridan farq qilishiga qaramay, ular ko‘plab o‘xshashliklarga egaligiga Kamolaning ishonchi komil.

“Men uchun O‘zbekiston va Ispaniya, ayniqsa, an’ana va madaniyat jihatidan juda o‘xshash. O‘zbek matolariga ispancha elementlarni singdirish men uchun oson kechdi. Bu harakat talab qilmaydigan tabiiy jarayon bo‘lib, go‘yoki ikki dunyo o‘z-o‘zidan birlashishga intilgandek edi”.

Uning asarlarida uyg‘unlik mujassam. O‘zbek matolari, masalan, adras va xon atlas ispancha ruh, yorqin bo‘yoqlar, his-tuyg‘ular bilan birga har ikkala madaniyatni aks ettiruvchi ehtirosni shakllantirgan. Har bir to‘plam tafsilotlar, qiyofalar va noyob materiallar orqali hikoya qilingan tarixdir.

“Mening brendim onglilik, an’analar va asllik bilan uyg‘unlashgan”

“Vazifam - tarixni hikoya qiladigan va insonlarni his qilishga undovchi ruhdagi liboslar yaratish” – deb ta’kidlaydi Kamola.

Bugungi kunda AzukarMoreno brendi muvaffaqiyatli rivojlanmoqda, uning asoschisi esa yangi joylardan ilhom olgan holda dunyo bo‘ylab sayohat qilishda davom etmoqda. 2024-yilning sentyabr oyida u Nyu-Yorkdagi modalar haftaligida bo‘lib, u yerda o‘zining so‘nggi asarlarini namoyish etdi. Biroq tez-tez sayohat qilishiga qaramay, u yana ishining asosiy qismi joylashgan Toshkentga qaytadi. 

“Mening hayotim - bu ikki dunyo o‘rtasidagi doimiy harakat. Biznesim Toshkentda bo‘lsa-da, lekin men har doim yana sayohatga chiqish va ilhom olish uchun imkoniyat topa olaman”.

Uning moda haqidagi falsafasi oddiy va ko‘pchilikka yaqin: har tomonlama qulaylik hamisha trendda bo‘ladi.

“Agar qizning libosi qulay bo‘lsa, u juda yaxshi ko‘rinadi”, - deydi Kamola.

U moda ortidan quvmaydi, balki odamlar o‘zlarini bemalol va erkin his qiladigan liboslarni ishlab chiqaradi.

O‘zining moda sanoatidagi 20 yillik faoliyatida Kamola Rustamova uzoq yo‘lni bosib o‘tdi. U mijozlarga quvonch baxsh etadigan to‘plamlarni taqdim etmoqda va bu uning uchun asosiy motivatsiyasi bo‘lib qolmoqda.

“Biz orzularimizni amalga oshirmoqdamiz. Men uchun eng muhimi - kiyim odamlarni qanchalik baxtli qilishini ko‘rish”. 

Kamola uchun AzukarMoreno brendi shunchaki biznes emas, balki uning yo‘li, madaniy merosi va modaga bo‘lgan muhabbatining timsolidir.

“Mening brendim onglilik, an’analar va asllik bilan uyg‘unlashgan”. Bu uchta so‘z “Azukar Moreno”ga eng yaxshi ta’rif beradi.

Bu so‘zlarda uning ijodining butun mohiyati - madaniy merosni chuqur anglab yetish, haqiqiy nimagadir intilish va har bir insondagi o‘ziga xoslikka hurmat mujassamdir.