06.05.2025
Munisa Rizayeva bir oyda qancha pul topishini ochiqladi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Xonanda Munisa Rizayeva bloger Jahongir Latipovga bergan intervyusida bir oyda qancha daromad ko‘rishini aytdi.
Uning ta’kidlashicha, faqatgina Instagram’ning o‘zida bir yillik shartnoma narxi 250 ming dollardan boshlanadi. Unda hozirda bunday kontraktlardan 2-3 ta bor.
Shuningdek, storis narxi 3,5 ming, post narxi esa 10 ming dollar etib belgilangan. Xonanda odatda storis formatidagi reklamalarni ko‘proq qilishini kuzatish mumkin.
U narxlar qimmatligini akkauntni keraksiz kontent bilan to‘ldirib tashlamaslikni xohlayman, deya izohlagan. Ayrim bloger va san’atkorlar ertalabdan kechgacha reklama qilishini ta’kidlagan.