верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Krishtianu Ronaldu biologik jihatdan 29 yosh ekanligi aniqlandi
23.05.2025

Krishtianu Ronaldu biologik jihatdan 29 yosh ekanligi aniqlandi

Krishtianu Ronaldu biologik jihatdan 29 yosh ekanligi aniqlandi

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu sog‘liqni kuzatuvchi qurilmalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Whoop kompaniyasining reklama yuziga aylangan. Kompaniya mutaxassislari bir muddat hujumchi bilan ishlashdi va uning turli fiziologik ko‘rsatkichlarini o‘rganishdi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Ronaldu biologik jihatdan ancha yosh ekani aniqlandi. Ya’ni, tekshiruvlardan keyin u ayni payt atigi 28,9 yoshda ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda futbolchi Portugaliyaning Record nashri bilan bo‘lgan suhbatda ma’lum qildi.

To‘g‘risi, bu men bunchalik yaxshi holatda ekanimni kutmagan edim.

Tekshiruvlarda biologik jihatdan 28,9 yoshda ekanligimni aytishdi. Bu shuni anglatadiki, men hali yana 10 yil futbol o‘ynay olaman, deydi hujumchi.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu fevral oyida 40 yoshni qarshi oldi. Uning “An-Nassr” bilan shartnomasi 2025-yilning iyun oyigacha amal qiladi. Transfermarkt portali hujumchining qiymatini 12 million yevroga baholamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ronaldu yana ikki yil futbol o‘ynashni maqsad qilgan. U AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida o‘tadigan jahon chempionatidan keyin karyerasini yakunlashi mumkin.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.