Samarqand qog‘ozi rasmiy ravishda geografik ko‘rsatkich sifatida tan olindi


Samarqand viloyati adliya boshqarmasi hamda Intellektual mulk markazi davlat muassasasi tomonidan Samarqand qog‘ozi Adliya vazirligi tomonidan geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
“Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, tovarni muayyan geografik hududga mansub deb tanituvchi belgi geografik ko‘rsatkich hisoblanadi. Bunda mahsulotning sifati, mashhurligi yoki boshqa xususiyatlari aynan shu hudud bilan bog‘liq bo‘ladi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Samarqand qog‘ozi ishlab chiqarish jarayonida balxtut novdalari ma’lum vaqt suvda ivitib qo‘yiladi. Shundan so‘ng ularning po‘stlog‘i ajratib olinadi va ustki qo‘pol jigarrang qismi pichoq yordamida tozalanadi.
Sarg‘ish tusdagi tozalangan po‘stloqlar 5−6 soat davomida qozonda qaynatiladi. Keyin esa ular yog‘ochdan tayyorlangan o‘g‘irlarga solinib, 7−8 soat mobaynida maxsus to‘sinlar yordamida mayin tolalarga aylangunicha maydalanadi.