Lola o‘zining konsertiga Ledi Gagani taklif qildi


Taniqli xonanda Lola o‘zining bo‘lajak konsertiga amerikalik xonanda Ledi Gagani taklif qildi. Bu haqda Lola Instagram ijtimoiy tarmog‘ida obunachilariga ma’lum qildi.
E’lon qilingan videoda Lola Ledi Gaganing “Abracadabra” qo‘shig‘i ostida shiddat bilan raqsga tushadi va videoga shunday izoh qoldiradi: “Ledi Gaga, men sizni konsertimga taklif qilaman! Serquyosh O‘zbekiston sizni sevadi va intiqlik bilan kutadi!”
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Eslatib o‘tamiz, Lolaning “Ózicha” nomli yakkaxon konserti Toshkentda sentyabr oyi oxirida bo‘lib o‘tadi va besh kun davom etadi: konsertlar 26–30-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Lola muxlislariga betakror va unutilmas chiqish va’da qilmoqda.