O‘zbekistonda hafta oxirida: 7–10-noyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?
“O‘zgidromet” 7–10-noyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7 noyabrda kechasi 2-7°sovuq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi, 8-10 noyabrda kechasi 0-5° iliqgacha, kunduzi 12-17° iliqgacha ko‘tariladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7 noyabrda kechasi 0-5°sovuq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi, 8-10 noyabrda kechasi 0-5° iliqgacha, kunduzi 14-19° iliqgacha asta-sekin ko‘tariladi. Navoiy viloyatining shimolida 7 noyabrda kechasi 2-7°sovuq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi, 8-10 noyabrda kechasi 0-5° iliqgacha, kunduzi 12-17° iliqgacha ko‘tariladi.
Toshkent, Samarqand Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-8 noyabrda kechasi 2°sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 9-10 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-8 noyabrda 0-5° iliq, 9-10 noyabrda 2-7° iliq, kunduzi 7 noyabrda 12-17° iliq, 8-10 noyabrda 15-20° iliq bo‘ladi.
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-8 noyabrda 2°sovuq-3° iliq, 9-10 noyabrda 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7 noyabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 8-10 noyabrda kechasi 3°sovuq-2° iliqgacha, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.