“Qattiqqo'l xonim 2” filmining suratga olish ishlari boshlandi


20th Century Studios “Qattiqqo'l xonim” filmining davomini suratga olish boshlanganini e’lon qildi. Uning davomi 2026-yil 1-mayda xorijiy prokatga chiqariladi.
Ikkinchi qismda Meril Strip (Miranda Pristli), Enn Xeteuey (Endi Saks), Emili Blant (Emili) va Stenli Tuchchi (Nijel) rasman qaytadi. Miranda Pristlining turmush o‘rtog‘i roli Kennet Branaga nasib etdi. Rejissyorlik lavozimini birinchi qismning postanovkachisi Devid Frenkel egallaydi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Syujet karyerasining so‘nishi va an’anaviy jurnal biznesining inqirozini boshdan kechirayotgan Miranda Pristli haqida hikoya qiladi. O‘zining Podium nashrini jonlantirish uchun u hashamatli brendlar guruhida yuqori lavozimga ega bo‘lgan sobiq yordamchisi Emili (Blant) dan yordam so‘raydi.
Birinchi “Qattiqqo'l xonim” 2006-yilda ekranlarda debyut qilgan va Loren Vaysbergerning romani asosida yaratilgan. Jahon yig‘imlari 326 million dollarni tashkil etdi.