Munisa Rizayeva vanihoyat farzandini koʻrsatdi (foto)
Taniqli xonanda Munisa Rizayeva 24-noyabr kuni oʻgʻil farzandli boʻlgandi. U chaqaloq bilan tushgan rasmini eʼlon qildi.
Suratlarda qoʻshiqchini bemorlar krovatida yotgan holda farzandini bagʻriga bosib turganini koʻrish mumkin.
Uning qoʻlidagi tasmada esa eri va oʻzining familiyasi yozilgan. Bu shifoxonalarda keng tarqalgan amaliyot hisoblanadi.
Shuningdek, rasmlarda Munisa Rizayeva osma ukol olayotganini ham anglash mumkin. Eri esa uning yonida farzandiga qarab turibdi.
Xonanda 24-noyabr kuni Argentinaning Buenos-Ayres shahridagi shifoxonalardan birida ilk farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda uning singlisi xabar berdi.
Keyinchalik Munisaning oʻzi ham ona boʻlganiga ishora qilib, story qoldirdi. 25-noyabrda esa oilasiga kelgan jajji mehmon bilan katta postni eʼlon qildi.