19.12.2024
Nafaqat go‘shtli burek... Turk oshxonasining qanday taomlarini uyda tayyorlash mumkin
Muallif
Masha Mashkova
Turkiya nafaqat o‘zining quyoshli kunlari, dengizi, qumli sohillari va mehmonxonalari bilan tanilgan, balki qadimiy tarixi, urf-odatlari, diqqatga sazovor joylari, seriallari va albatta, o‘ziga xos taomlari bilan ham mashhur. Eng zo‘r turk taomlarining retseptlarini e’tiboringizga havola etamiz.
Menemen (turkcha pishirilgan tuxum)
Kerakli masalliqlar:
- pomidor – 300 g;
- piyoz – 100 g;
- yashil bulg‘or qalampiri – 100 g;
- tuxum – 2 dona;
- zaytun yog‘i – 2 osh qoshiq;
- tuz;
- tomat pastasi – 1 osh qoshiq;
- ko‘katlar.
Tayyorlanishi:
- Piyoz, bulg‘or qalampiri va tozalangan pomidorlarni mayda «kubik» larga to‘g‘rang. Tovani qizdirib, zaytun yog‘ini soling;
- tovaga piyozga qo‘shib «kubik» qilib to‘g‘ralgan bulg‘or qalampirini qo‘shib, masalliqlar yumshoq bo‘lgunicha yaxshilab qovuring (taxminan 5-6 daqiqa);
- qovurilayotgan piyoz va bulg‘or qalampiriga tug‘ralgan pomidorni sharbati bilan qo‘shing. Keyin masalliqlarni yaxshilab aralashtirib, tovani yopib, undagi «suv» ikki baravar kamayguncha (taxminan 10 daqiqa) pishiring;
- Keyin tomat pastasini qo‘shing, dasturxonga tortishdan oldin «menemenga» ko‘katlar solib, bezating.
Go‘shtli burek (turkcha pirog)
Masalliqlar:
Xamiri uchun:
- 500 gr. un;
- 350 ml. iliq suv;
- 1/2 choy qoshiq tuz;
- 1 osh qoshiq o‘simlik yog‘i.
Pirogomiz asosi uchun:
- 600 gr. maydalangan mol go‘shti;
- 400 gr. piyoz;
- 50 gr. sariyog;
- ta’mga ko‘ra tuz, murch, ziravorlar;
- kunjut;
- tuxum sarig‘i (pirogni ustiga surtish uchun);
Tayyorlanishi:
- blenderda elangan un, suv, o‘simlik moyi, tuzni aralashtirib, qattiq xamir yo‘g‘irib olib, uni 30 daqiqaga paketga solib qo‘yamiz;
- pirogimiz asosiga solinadigan to‘g‘ralgan piyozni o‘simlik yog‘ida qovurib, unga maydalangan mol go‘shti, ziravorlar qo‘shib yaxshilab qovuramiz;
- xamirni to‘rt qismga ajratib, har bir qismini ingichka qilib yoyib, sariyog‘ bilan yaxshilab yog‘lab, bir-birining ustiga qo‘yib yana 15-20 daqiqa davomida paketga solib qo‘yamiz;
- xamirning har bir bo‘lagini qo‘lingiz bilan ingichka qatlama bo‘lguncha cho‘zib, go‘shtli asosni xamir chetiga yoyib, xamirni sariyog‘ bilan yog‘lab, «rulet» qilib o‘rang;
- pech listiga pergament qog‘ozini solib, birinchi rulonni «chig‘anoq» shaklida yoyib, ikkinchi rulonni ham unga ulab aylantiring. Listga shu tartibda oxirigacha barcha rulonlarni o‘rab joylashtiring;
- pirogni ustini ozgina bosib, usti chiroyli qizarib chiqishi uchun tuxumning sarig‘ini surtib, kunjut seping;
- oldindan 180 darajagacha qizdirilgan pechda 30-35 daqiqa davomida pishiring.
Desert. Pistali baklava (turk baklavasi)
Masalliqlar:
- 2 paket xamir (yoki qat-qat xamir) - 500 gr;
- 150-200 gr. pista;
- 350 gr. sariyog‘;
- 100 gr. o‘simlik yog‘i;⠀
Sirop uchun:
- 530 gr shakar;
- 625 gr suv;
- 1 tilim limon.
Tayyorlanishi:
- xamirni yumshatib oling;
- pistani ezib yoki pichoq bilan maydalab, bir qismini shirinlikni bezash uchun olib qo‘yamiz;
- sariyog‘ni eritib, o‘simlik moyi bilan aralashtiring va pech idishini yog‘lang;
- xamirni pech idishi shakliga mos qilib kesib oling. Avval, xamirning butun qismlarini, o‘rtasiga esa – kesilgan bo‘laklarni joylaymiz. Har bir qatlamni moy bilan yog‘laymiz;
- xamirning 1/3 qismini qo‘ygandan so‘ng pista sepib, ustidan yana xamir qo‘ying;
- xamirning har bir qatlamini yog‘lang. Paxlavaning oxirgi qatlamlari uchun 10-12 xamir varaqlaridan foydalanamiz;
- pichoq yordamida qirralarni pastga burang. Paxlavani kesib, chetarini qoshiq bilan to‘g‘irlang;
- desertning ustiga yog‘ solib, 170-180 darajaga qizdirilgan pechda qizarguncha pishiring;
- sirop uchun idishga shakar, suv va limonni soling. Sirop qaynab chiqgach uni yana 20 daqiqa davomida pishiring. Pechdan chiqqan baklavani 1-2 daqiqa «dam oldiring»;
- baklavani ustidan qaynoq siropni quying. So‘ng uni 2-3 soat tindirib, undan keyin dasturxonga torting.