Xellouin. Qaysi sana, an’analar va “mudhish” bayramning butun mohiyati
Xellouin chet eldan kirib kelgan turlicha ko‘rinishdagi (va norasmiy) bayramlardan biridir. Bu bir tomondan - avliyolar kuni arafasi bo‘lsa, ikkinchi tomondan - jinlar bazmi hisoblanadi. Biz mantiq bilan kelishishga harakat qilayotgan bir paytda amerikalik o‘smirlar va yulduzlar karnaval qiyofasini go‘yoki qo‘lqopdek o‘zgartiradi, bolalar esa iblis (yoki kvadroberlar) libosini kiyishadi va qo‘shnilardan konfet so‘rashga tushishadi. Trick-or-treating (shirinlik yoki yomonlik)!
Hellouin voqeasi
Yaqinda Xellouin voqeasi o‘zining 2000 yillik yubileyini nishonladi. Hammasi Irlandiya, Shotlandiya va zamonaviy Britaniya hududida nishonlangan Samayn keltlar festivalidan boshlandi. Qadimgi keltlar 31-oktyabrdan 1-noyabrga o‘tar kechasi tiriklar va o‘liklar dunyosi birlashishi, “portal” deb nomlanadigan narsa ochilib, marhumlarning ruhlari yerga qaytishiga ishonishgan. Mana shuni nishonlash kerak!
Odamlar Xellouinning ijobiy va salbiy tomonlariga ishonishgan: bir tomondan, ofatlar xavfi oshgan bo‘lsa, boshqa tomondan, uzoq ajdodlar bilan turli mavzularda suhbatlashish, masalan, katta buvidan uning afsonaviy pirogi sirini so‘rash imkoni paydo bo‘lgan. Keyinchalik, o‘rta asrlarda, bayram barcha avliyolar kuni arafasida katolik bayrami bilan qo‘shilib ketdi. Va bu aralashma zamonaviy Xellouinni yaratdi.
Xellouin kelib chiqishining yana bir versiyasi keltlarning mavsumiy an’analari bilan bog‘lanadi. Ma’lum bo‘lishicha, 31 oktyabr kuni odamlar Samayn - iliq kunlarning tugashi va qishning boshlanishini anglatuvchi hosil bayramini keng nishonlashgan. Aynan u tufayli osmon va yer o‘rtasidagi “devorlar” ingichkalashib, ruhlar tiriklar bazmiga uchib kelgan. Nima bo‘lganda ham Xellouin to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lim va hayot mavzusiga borib taqaladi.
Xellouinning mohiyati o‘zi nimada?
Zamonaviy Xellouinning butun dahshati bolalarni ham, kattalarni ham o‘ziga jalb qiladigan sirli va g‘ayritabiiy muhitda yashiringanligidadir. Bunga qo‘shimcha ravishda bu o‘yin-kulgi uchun yana bir bahona bo‘lib, kutilmagan obrazni sinab ko‘rish, liboslar bilan ziyofatga borish, shuningdek, bepul konfetlarni to‘ygancha yeyishdan iborat.
Bu tijoriy sababsiz ham o‘tmadi: mashhur brendlar Xellouin sharafiga kapsulalar va kiyim-kechaklar / kosmetika / aksessuarlar ishlab chiqaradilar, qandolatchilar “mudhish”lik belgisi ostida tortlar va piroglar pishirishadi. Va bu butun dunyo bo‘ylab millionlab xaridorlarni o‘ziga tortuvchi marketing usullarining kichik bir qismidir.
Xellouin qachon bo‘ladi
Xellouin 31-oktyabrda nishonlanadi. Sana o‘zgarishsiz qoladi, bayram esa ko‘p yillardan buyon yildan yilga o‘tmaydi. Ammo bordiyu siz zavqlanishni uzаytirmoqchi bo‘lsangiz, Xellouinni bir kun oldin nishonlashni boshlang: aytishlaricha, 30-kuni narigi dunyoga eshik ochiladi va ba’zi odamlar bilan haqiqiy mo‘jizalar sodir bo‘la boshlaydi. Faqat folbinlarga bora ko‘rmasdan va uy sharoitida arvohlarni chaqirmasak bo‘ldi.
Xellouin turli mamlakatlarda qanday nishonlanadi?
Har xil mamlakat Xellouin bayrami bilan bog‘liq o‘z fishkalariga ega.
AQSH va Kanadada Xellouin: ertalabgacha ziyofatlar, shahar maydonlarida namoyishlar, mavzuviy yarmarkalar va qovoqlar bilan bezatilgan hovlilardan iborat shovqin-suronli va yorqin bayramdir.
Britaniyada odamlar Samayn hosil bayramini nishonlash bilan o‘zlarini kamtarroq tutishadi va tezroq ibtidoga qaytishadi. Ammo bu yoshlarning oilaviy uchrashuvlardan qochib, do‘stlari bilan bar yoki pabga borishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Yaponiyada Xellouin endigina ommalashmoqda va amerikacha mavzuga o‘xshatib nishonlanadi. Meksikada esa Xellouin obraziga o‘xshab ketadigan O‘tganlar kuni nishonlanadi, lekin u ham farq qiladi.
Bunday turli xil yondashuvlarga qaramasdan Xellouin o‘zining umumiy qabul qilingan xususiyatlariga ega bo‘lib, u barcha tomonidan va hatto sobiq sovet mamlakatlarining bolalari tomonidan ham qabul qilindi.
Hellouin an’analari
Xellouin bayramida maskarad liboslari kiyiladi, oshqovoqni kesib, undan “Jek-fonar”ni yasash, qo‘rqinchli voqealar mavzusi bilan bog‘lagan holda uyni bezatish va, albatta, shirinliklar tilash odat tusiga kirgan. Bolalar va kattalar liboslarini kiyib olib, “Shirinlik yoki yomonlik!” iborasini aytgan holda qo‘shnilarning uylarida yurishadi. Shuningdek, tegishli muhitga ega quvnoq kechalar ham mashhur.
Hellouin - Gollivud mashhurlarining sevimli bayramlaridan biri sanaladi. Ularning ko‘pchiligi g‘ayritabiiy liboslar uchun katta pul sarflashib, deyarli bir yil davomida tantanaga tayyorgarlik ko‘rishadi. Lozim bo‘lmagan darajada omma oldiga chiqishni xohlamaydiganlar esa boshqa yo‘lni tanlaydi: masalan, mashhur filmlar/seriallar, kompyuter va videoo‘yinlar, shuningdek, sariq matbuot qahramonlari qiyofasini takrorlashadi.
2023-yilda bozorlarda eng ko‘p sotilgan kiyimlardan biri Netflixning xuddi shu nomdagi seriali qahramoni Uensdey libosi bo‘ldi. Xellouinning eng an’anaviy va klassik obrazlariga esa jodugarlar, zombilar, jinlar, arvohlar, vampirlar va boshqa mashhur yovuzlar hamda antogonistlarni kiritish mumkin.
2024-yilda Xellouin bo‘yicha ekspertlar (ha, bundaylar bor) mazkur bayramda Rosomaxa (“Dedpul”ning yangi qismiga rahmat), Pavel Durov (shunchaki rahmat) va hatto yovuz “Skibidi-hojatxona” multfilmi qahramonlari top obrazlar bo‘lishini ta’kidlashmoqda. Darvoqe, uning ta’siri haqida biz bolalar psixologi bilan suhbatda so‘zlab berdik.