1
РУ
O’Z
UZS
/
/
Nodirbek Abdusattorov qancha daromad topadi?
08.07.2025

Nodirbek Abdusattorov qancha daromad topadi?

Nodirbek Abdusattorov qancha daromad topadi?

Toshkentda 18–28-iyun kunlari bo‘lib o‘tgan UzChess Cup 2025 II xalqaro turniri davomida O‘zbekistonning eng kuchli shaxmatchilaridan biri, 20 yoshli Nodirbek Abdusattorov bloger IsomTV bilan intervyuda o‘z daromad manbalari va raqobatchilari haqida fikr bildirdi.

Nodirbek o‘zini so‘nggi ikki yilda dunyodagi eng ko‘p daromad topayotgan 10 nafar shaxmatchi ro‘yxatiga kirganini aytgan va bu daromadining taxminan 200 ming dollar atrofida ekani ta’kidlangan.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Ushbu mablag‘ sovrin pullari, gonorarlar va mukofotlar orqali shakllanishi ma’lum qilingan. Reklama hamda boshqa yo‘nalishlardagi daromadlar esa, Nodirbekning so‘zlariga ko‘ra, asosan uning jamoasi tomonidan boshqariladi.

Shuningdek, u O‘zbekiston shaxmatida o‘zidan tashqari eng kuchli shaxmatchi sifatida Javohir Sindorovni tilga olgan. Dunyo shaxmatidagi yetakchi shaxmatchi kim ekani borasida esa, Nodirbek hali ham bu nom Magnus Karlsen bilan bog‘liqligini bildirgan.

Shuni ham ta’kidlash joizki, Nodirbek Abdusattorov ushbu turnirning Masters guruhida 3-o‘rinni egallab, 10 ming dollarlik mukofotga sazovor bo‘lgan. Mazkur musobaqa Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.