18.09.2025
“Kallakesar: Qayta tug‘ilgan” seriali uchinchi mavsumga uzaytirildi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Superqahramonlik seriali “Kallakesar: Qayta tug‘ilgan” uchinchi mavsumga uzaytirildi. Suratga olish ishlari kelasi yilda boshlanishi rejalashtirilmoqda. Syujet tafsilotlari hozircha oshkor etilmayapti.
2025-yilda Disney ilgari Netflix’da efirga uzatilgan Sorvigolova serialini rasman qayta ishga tushirdi. Charli Koks, Debora Enn Uoll, Elden Xenson, Jon Berntal va boshqalar o‘z rollariga qaytishdi.
Loyihaning shouranerligini sobiq kaskadyor Dario Skakdapane o‘z zimmasiga oldi. Rejissyorlar ro‘yxatida Jastin Benson va Aaron Murxed (“Oy ritsari” filmi muallifi) bor.
Premyera mart oyida bo‘lib o‘tdi, katta qiziqish uyg‘otganiga qaramay, tanqidchilar fikrlari o‘rtacha bo‘ldi.