Ob-havo maʼlumoti: 14-15-dekabr dam olish kunlarida Oʻzbekistonda oʻzgaruvchan harorat kuzatiladi
14-dekabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, shimolda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi. Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida faqat kechqurun biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Surxondaryo viloyatida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
13-14-dekabr kunlari havo harorati kechalari 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari 7-12 daraja iliq, baʼzi joylarda 15 daraja iliqqacha, shimolda 2-7 daraja iliq atrofida boʻladi.
15-dekabrda Oʻzbekiston hududiga shimoli-gʻarbdan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Respublika hududida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi.
Havo harorati kechasi va ertalab 0-5 daraja iliq boʻladi, kunduzi 3 daraja sovuqqacha pasayadi, shimolda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq boʻladi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 15-16-dekabrda ayrim joylarda baʼzida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
15-16-dekabrda yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.
Poytaxtda: 13-14-dekabr kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 14-dekabrda kechqurun biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Harorat kechalari 3-5 daraja iliq, kunduz kunlari 10-12 daraja iliq boʻladi.
15-dekabrda havo bulutli boʻladi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi. Shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab 1-3 daraja iliq boʻladi, kunduzi 1-3 daraja sovuqqacha pasayadi.
16-17-dekabr kunlari havo harorati kechalari 8-13 daraja sovuqqacha, baʼzi joylarda 15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuqqacha pasayishi kutilmoqda.