РУ
O’Z
UZS
/
/
Ob-havo maʼlumoti: 17–19-yanvar kunlari harorat pasaya boshlaydi
15.01.2025 (yangilandi 15.01.2025)

Ob-havo maʼlumoti: 17–19-yanvar kunlari harorat pasaya boshlaydi

Ob-havo maʼlumoti: 17–19-yanvar kunlari harorat pasaya boshlaydi

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi, Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-18-yanvar. kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 1-6° iliq, 19-yanvar kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 17-18-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 19-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat 17-yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 18-19-yanvarda 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq,Navoiy viloyatining shimolida 17-18-yanvarda kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 1-6° iliq, 19-yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 17-18-yanvar baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 19-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat 17-yanvar kechasi 0-5° iliq, kunduzi 6-11° iliq, 18-yanvar kechasi 0-5° iliq, kunduzi 4-9° iliq, 19-yanvarda kechasi va kunduzi 0-5° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 17-18-yanvar baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 19-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 0-5° iliq, 17-yanvar kunduzi 7-12° iliq, 18-19-yanvar 5-10° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 17-18-yanvar yogʻingarchilik kutilmaydi. 19-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1° sovuq-4° iliq, 17-18-yanvarda kunduzi 6-11° iliq, 19-yanvarda 3-8° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat 17-18-yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 19-yanvar kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.

Bu qiziq

100 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi sovg‘alar. QAYERDAN OLAMIZ?
100 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi sovg‘alar. QAYERDAN OLAMIZ?
Nafaqat ajoyib sovg‘a: eng yaxshi simsiz quloqchinlarni tanlaymiz
Nafaqat ajoyib sovg‘a: eng yaxshi simsiz quloqchinlarni tanlaymiz
Sharm al-Shayxga 700 dollardan sayohatlar. Batafsil so‘zlab beramiz
Sharm al-Shayxga 700 dollardan sayohatlar. Batafsil so‘zlab beramiz
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.