РУ
O’Z
UZS
/
/
Ob-havo maʼlumoti: 18–20-yanvar kunlari +12 daraja boʻladi
16.01.2025 (yangilandi 16.01.2025)

Ob-havo maʼlumoti: 18–20-yanvar kunlari +12 daraja boʻladi

Ob-havo maʼlumoti: 18–20-yanvar kunlari +12 daraja boʻladi

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19-20-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 20-yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat 18-yanvar. kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 1-6° iliq, 19-20-yanvar kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 18-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 19-20-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 20-yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, 18-19-yanvarda kunduzi 3-8° iliq, 20-yanvarda 5-10° iliq, Navoiy viloyatining shimolida 18-yanvarda kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 1-6° iliq, 19-20-yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 18-yanvar baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 19-20-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 20-yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat 18-yanvar kechasi 0-5° iliq, kunduzi 4-9° iliq, 19-yanvar kechasi va kunduzi 0-5° iliq, 20-yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 18-yanvar baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 19-20-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 20-yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 0-5° iliq, 18-yanvar kunduzi 4-9° iliq, 19-yanvar 5-10° iliq, 20-yanvarda 7-12° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 18 va 20-yanvar yogʻingarchilik kutilmaydi. 19-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19-yanvar baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 0-5° sovuq, 18-yanvarda kunduzi 4-9° iliq, 19-yanvarda 2-7° iliq, 20-yanvarda 3-8° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlari

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi bor. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 20-yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 19-yanvar kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 20-yanvar kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.