РУ
O’Z
UZS
/
/
Shou-biznes: Oʻzga millat vakili bilan oila qurgan mashhurlar
28.10.2024

Shou-biznes: Oʻzga millat vakili bilan oila qurgan mashhurlar

Shou-biznes: Oʻzga millat vakili bilan oila qurgan mashhurlar

Oʻzbek shou-biznesi vakillari orasida oʻzga millat vakillari bilan oila qurganlar bir talay. Bugungi maqolada eng mashhur juftliklar haqida maʼlumot beramiz.

Yulduz Usmonova va Mansur Agaliyev

Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning turmush oʻrtogʻi Mansur Agaliyev turk millatiga mansub. Ularning tanishuvi ham aynan Yulduz Usmonova Turkiyada yashayotgan paytida yuz bergan. Hozirgi kunda Mansur Agaliyev nafaqat ijodkorning turmush oʻrtogʻi, balki ijodiy prodyuseri hisoblanadi.

Turkiyani sanʼat bilan olish juda katta masala. Yulduz Usmonovani Turkiyada qoʻshiqlarini juda koʻp odam bilardi. Misol uchun, “Dunyoda oʻlimdan boshqasi yolgʻon” degan qoʻshiqni aytgan desak, boʻldi, koʻpchilik tanirdi, lekin oʻzini koʻrishmagan, deydi Agaliyev.

Farrux Zokirov va Anna

Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov 1986-yilda taqdir yoʻlini rus millatiga mansub Anna ismli ayol bilan bogʻlagan. Sanʼatkor intervyularidan birida bu haqda shunday degandi.

Zokirov shaxsiy hayoti haqidagi koʻpchilik bilmaydigan maʼlumotlarni, xususan ikki marta uylangani, birinchi nikohidan boʻlgan oʻgʻli bilan oralarida tushunmovchilik boʻlgani haqida soʻzlab bergan.

Hech esimdan chiqmaydi, Dilfuza opamning uyida tanishtirganman. Onamlarning birinchi gapi shu boʻldi: “Oʻgʻlim, koʻzi toʻq ekan”. Oyi, millati rus desam, men uchun bitta millat qoldi, insof degan millat. Insofli ekan, mayli, qoʻsha qaringlar, deb duo qilganlar. Mana, shunga ham 35 yildan oshdi, degan xonanda.

Muhammadali Abduqunduzov va Valentina Abduqunduzova

Muhammadali Abduqunduzov ayoli Valentina bilan Termiz shahridagi Mannon Uygʻur nomidagi viloyat musiqali drama teatrida tanishgan. Valentina Nikolayevna u yerga grimyor sifatida Toshkent teatridan yoʻllanma asosida yuborilgandi.

Ular viloyat teatrida tanishib, oʻsha yerda oila qurishgan. Ammo toʻyga aktyorning oila aʼzolari qarshi boʻlgan. Chunki kelinchak u paytlarda oʻzbek tili va urf-odatlarini bilmasdi.

Ayni kunlarda Valentina Abduqunduzova Oʻzbek Milliy drama teatrining bosh pardozchisi hisoblanadi. Bundan tashqari, u qator tarixiy filmlar uchun murakkab obrazlarni yaratgan. Ular ikki oʻgʻil farzandni tarbiyalashgan. Afsuski, farzandlaridan hech biri sanʼat sohasini egallamagan.

Bobur Yoʻldoshev va Anna Kostas

Aktyor Bobur Yoʻldoshev kelib chiqishi gretsiyalik boʻlgan Anna Kostas bilan oila qurgan. Aktyor intervyularining birida 16 yoshga qadar oʻzbek tilini umuman bilmagani va haligacha oʻzbekcha fikrlamasligini aytib oʻtgandi.

Balki oʻzga millat vakili bilan oila qurishinining asosiy sabablaridan biri shudir. Anna Kostas Oʻzbekiston yoshlar teatrida akstrisa sifati faoliyat yuritadi, shuningdek, xususiy maktablarning birida “Sahna mahorati” darsidan saboq beradi. Ularning Iris va Yusuf ismli farzandlari bor.

Kamola Arslonova va Mesut

“Opa-singillar” serialidagi roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish boʻlgan aktrisa Kamola Arslonova ham Turkiyaga kelin boʻlgan. Mesut va Kamola hozirda Izmir shahrida yashaydi. Ularning qiz va oʻgʻil farzandlari bor.

Kamola Instagramʼdagi postlaridan birida qizini oʻzbek yigitiga turmushga uzatishni xohlamasligini, lekin oʻgʻil farzand koʻrsa, Oʻzbekistondan kelin qilish niyati borligini yozgan.

Kamola Umarxoʻjayeva va suriyalik turmush oʻrtogʻi

Tomoshabinlarga “Yodgor” filmi orali yaxshi tanish boʻlgan aktrisa Kamola Umarxoʻjayeva asli kelib chiqishi suriyalik boʻlgan va bolalikdan AQSHda ulgʻaygan inson bilan oila qurgan.

Aktrisa turmush oʻrtogʻi va toʻrt nafar farzandi bilan AQSHda istiqomat qiladi. U intervyularining birida AQSHga moslashishida turmush oʻrtogʻining oʻrni katta boʻlgani va oilasida, oʻzbek, ingliz va arab tillarida muloqot qilishlari haqida aytib oʻtgandi.