Ob-havo maʼlumoti: 22–24-fevral kunlari harorat 23 darajaga koʻtariladi


Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutiladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati


Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 23-24-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari


Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-23-fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 22-23-fevralda 13-18° iliq, 24-fevralda 15-20° iliq; Navoiy viloyatining shimolida 22-fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 23-24-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 22-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi, 23-24-fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-23-fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-fevralda 3-8° iliq, 23-24-fevralda 5-10° iliq, kunduzi 22-fevralda 17-22° iliq, 23-fevralda 15-20° iliq, 24-fevralda 12-17° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 22-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi, 23-24-fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-23-fevralda 4-9° iliq, 24-fevralda 7-12° iliq, kunduzi 22-fevralda 17-22° iliq, 23-fevralda 18-23° iliq, 24-fevralda 12-17° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-fevralda 0-5° iliq, 23-24-fevralda 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlari

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), 23-24-fevralda ayrim joylarda kuchli boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi.