Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ga o‘tsa, “Bunyodkor” qancha haq oladi?
Abduqodir Husanov 50 mln yevro evaziga “Lans”dan “Manchester Siti”ga o‘tsa “Bunyodkor” 2 foiz haq oladi. Bu haqda jurnalist Nodirxo‘ja Yo‘ldoshev ma’lum qildi.
Uning yozishicha, FIFA reglamentiga ko‘ra, 12-15 yoshgacha 0.25 foizdan jami 4 mavsumga 1 foiz va 16-17 yosh uchun 0.50 foizdan 1 foiz berilishi belgilangan.
Transfer summasidan 2 foiz 1 mln yevroni (14,3 mlrd so‘m) tashkil etadi.
Avvalroq Husanov va “Man Siti” o‘rtasidagi kelishuv 2030-yilning yoziga qadar tuzilishi xabar qilingandi. Klub “Lans”ga 50 mln to‘lab berishga tayyor.
Shuningdek, “Manchester Siti” Abduqodir Husanov transferi borasida “Lans”ga rasmiy taklif yuborgani haqida xabar berilgandi. Husanov Buyuk Britaniya vizasiga ariza topshirgani haqida ma’lumot berilgan edi.