РУ
O’Z
UZS
/
/
Ob-havo maʼlumoti: 23–25-yanvar kunlari harorat pasayadi
21.01.2025 (yangilandi 21.01.2025)

Ob-havo maʼlumoti: 23–25-yanvar kunlari harorat pasayadi

Ob-havo maʼlumoti: 23–25-yanvar kunlari harorat pasayadi

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutiladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-24-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-yanvarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 24-yanvarda. Kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq, 25-yanvarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 24-yanvar kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 5-10° iliq, 25-yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi. Navoiy viloyatining shimolida harorat 23-yanvarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 24-yanvarda. kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq, 25-yanvarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 23-yanvar kunning birinchi yarmida baʼzi joylarda qor yogʻadi. 24-25-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24-25-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 2-7° sovuq, 23-yanvarda kunduzi 2° sovuq-3° iliq boʻladi. 24-yanvar 2-7° iliq, 25-yanvarda 5-10° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6° sovuq, 23-yanvar kunduzi 5-10° iliq, 24-25-yanvarda kunduzi 7-12° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 23-yanvar kunning birinchi yarmida baʼzi joylarda qor yogʻadi. 24-25-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat, 23-yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq, 24-yanvar kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 25-yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi

Respublikaning togʻli hududlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 23-yanvarda baʼzi joylarda qor yogʻadi, 24-25-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-yanvar baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-yanvarda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 5-10° sovuq, 24-yanvar kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq, 25-yanvarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.