27.08.2025
Bredli Kuperning “Bu narsa ishlaydimi?” dramedisi treyleri e’lon qilindi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Internetda “Bu narsa ishlaydimi?” filmining birinchi treyleri chiqdi. Bu Bredli Kuperning rejissyor sifatidagi uchinchi to‘liq metrajli filmi hisoblanadi.
Filmning bosh rollarini Uill Arnett va Lora Dern ijro etishgan. Kartina xotini va farzandlarining onasi Tess (Dern) bilan ajrashgandan so‘ng stendap komediyachiga aylangan Aleks (Arnett) haqida hikoya qiladi.
Kuper ham filmda rollardan birini ijro etgan. Jahon premyerasi 10-oktyabr kuni Nyu-York kinofestivalida bo‘lib o‘tadi (yopilish filmi sifatida).
Searchlight Pictures kompaniyasi filmni 19-dekabr kuni xorijda namoyishga chiqaradi.