РУ
O’Z
UZS
/
/
Ob-havo maʼlumoti: 28-yanvar kuni +12 daraja iliq boʻladi
27.01.2025 (yangilandi 27.01.2025)

Ob-havo maʼlumoti: 28-yanvar kuni +12 daraja iliq boʻladi

Ob-havo maʼlumoti: 28-yanvar kuni +12 daraja iliq boʻladi

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda biroz qor yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2°  sovuq-3° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomom biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2°  sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq, Navoiy viloyatining shimolida harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2°  sovuq-3° iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Smarqand viloyatida kechga tomon biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 4-9° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlari hududlarida qor koʻchish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.