100 dollargacha bo‘lgan eng sara sovg‘alar: bu buyumlar yaqinlaringizga yoqishi aniq!
Yangi yil oldidan sovg‘a tanlash chinakamiga boshog‘riqga aylanadi: yoki istalgan mahsulot tugagan bo‘ladi, yo bo‘lmasa, shunchaki sovg‘a uchun g‘oya topilmaysiz - ayniqsa, ham yaqiningizga ma'qul keladigan, ham oila byudjetini sovurmaydigan sovg‘a topish qiyin. Toping.uz 100 dollargacha qiymatdagi va uni qabul qiluvchilarini albatta xushnud etadigan qulay va ajoyib buyumlarni tanlab oldi.
Elektr ustara
Voyaga yetgan o‘g‘il, aka, sevimli yigit, turmush o‘rtoq, ota, bobo - har qanday erkak bunday sovg‘adan shubhasiz mamnun bo‘lishi aniq. Bu ham uning tashqi ko‘rinishi haqida qayg‘urish, ham har kuni ishlatiladigan buyum, shunday ekan, uni hadya etgan insonni doimo esga soladi.
Elektr ustaralar juda ko‘p va bu deyarli shaxsiy buyum: ma’lum bir brendlarning o‘z muxlislari bo‘ladi, kimdir quruq ustarani ma’qul ko‘rsa, yana kimdir esa faqat gel yoki ko‘pikdan foydalanishga odatlangan.
Philips Shaver Series 1000 modeli - elektr ustara dunyosiga kirish uchun ajoyib “chipta”. Bu oddiy va qo‘llashda qulay ustara: o‘rnatilgan akkumulyatorda ishlaydi, tozalash uchun uni shunchaki oqayotgan suv ostiga tutish kifoya, 27 ta tig‘i esa terini timdalamagan holda sochlarni oson kesadigan tarzda joylashtirilgan.
Philips Shaver Series 3000 versiyasi yuqoriroq narx toifasiga kiradi, ammo shunga yarasha ko‘proq imkoniyatlar taqdim etadi. Masalan, u bilan nam holda ham soqol olish mumkin - bunday hollarda terining ta’sirlanish xavfi kamroq bo‘ladi. Ustara yuzning barcha qismlarini to‘liq qamrab oladigan beshta yo‘nalishga buriladigan sharnirga ega.
Multivarka
Bu eng universal sovg‘alardan biri va shiddatli kechayotgan turmushimizda haqiqiy yordamchi. Multivarka ovqat tayyorlashga ketadigan vaqtni ancha tejaydi, shuningdek, uy taomlarining turlarini ham xilma-xil qiladi. Mazkur qurilmalar narxiga nisbatan juda foydali hisoblanadi.
Redmond brendining multivarkalari bozorda allaqachon o‘z o‘rnini topgan va yaxshi nom qozongan: hamyonbop narx, ko‘plab funksiyalarga egaligi, yuqori ishonchlilik - ko‘plab foydalanuvchilar fikriga ko‘ra, bu modellar uzoq yillar davomida kundalik foydalanishda ham chidamli.
RMC-70 modeli sodda boshqaruvi va 49 ta dasturi bilan ajralib turadi: ularning 20 tasi to‘liq avtomatik (tugmani bosib qo‘yib, boshqa hech narsa qilish shart emas), qolgan 29 tasi esa aniqroq tayyorlash uchun qo‘l bilan boshqariladi.
Deyarli xuddi shu narxdagi yana bir ishonchli variant - bu yuqori quvvatga ega RMC-M90 versiyasidir.
Aqlli kolonka
“Yandeks Stansiyasi” allaqachon uydagi qulay yordamchilarga aylanib bo‘ldi. Ular bolalarga ertak ham so‘zlab berishi, savollarga tez javob qaytarishi, taymer o‘rnatishi va istalgan musiqani yoqishi mumkin – umuman olganda, ulardan foydalanish imkoniyatlari faqat foydalanuvchilarning ehtiyojlari bilan cheklangan.
Bozorda stansiyalar ko‘p, hatto ixcham modellar orasida ham bir necha mahsulot mavjud. “Layt” birinchi avlodi 5 Vt quvvatga ega va egasining ovozini to‘rtta mikrofon orqali ham tinglaydi. Ammo bu versiyada displey yo‘q, nima bo‘lganda ham u bilan qulayroq – masalan, vaqtni bilish uchun har safar Alisaga murojaat qilish shart emas. Shuning uchun kichik “Stansiyalar”ning eng yangisi hisoblangan “Layt 2”ga e’tibor qaratishingizni maslahat beramiz. Bu modelda, shuningdek, tabiiyroq ohangda gapira oladigan takomillashgan Alisa ham taqdim etilgan.
Nihoyat, “Yandeks Mini Stansiyasi 2” – u ham soatli displey bilan jihozlangan. Bundan tashqari, uning quvvati birinchi (5 Vt) va ikkinchi avlod (6 Vt) “Layt”nikiga qaraganda yuqoriroq (10 Vt). Ammo siz qaysi versiyani tanlaganingizdan qat’i nazar, kolonka sizni albatta qoniqtiradi.
Simsiz kolonka
Bu uy uchun ham, tabiatda faol dam olishni yoqtiradiganlar uchun ham ajoyib sovg‘a. JBL kolonkalari allaqachon mashhur bo‘lishga ulgurgan va buning o‘ziga yarasha sabablari bor. Modellarning narxlari hamyonbop, ovozi a’lo darajada, uzoq vaqt akkumulyatorda ishlaydi va chidamliligi yuqori - bu sayr paytida kolonkadan foydalanganda ayniqsa juda zarur.
Bir nechta modellarga e’tibor qaratishingizni maslahat beramiz. Birinchidan, JBL Flip 6. U bir marta zaryadlanganda 12 soatgacha ishlaydi va 30 Vt quvvat beradi - bu juda yaxshi ko‘rsatkich. Bundan tashqari, JBL Go 3 va Go 4 kabi ajoyib cho‘ntak kolonkalari ham mavjud. Mazkur kolonkalar ixcham va yengil, ularni kamaringizga osib olishingiz ham mumkin. Go 3 modeli 5 soatga yaqin, Go 4 esa 7 soat ishlaydi.
Kolonkaning yana bir turi - JBL Clip hisoblanadi. Nomidan ko‘rinib turibdiki, u maxsus qisqich bilan jihozlangan, qurilmani ryukzak yoki kiyimingizga osib olish ham qulay. Clip 5 versiyasi 7 Vt quvvatga ega, bu ixcham kolonka uchun yetarlidir. Oldingi avlod Clip 4 esa biroz kuchsizroq - 5 Vt, ammo qurilmani tabiatda ishlatishda bu ham yetarli bo‘lishi lozim.
Simsiz quloqchinlar
Sifatli TWS (butunlay simsiz) quloqchinlari - bu inson har kuni foydalanadigan ajoyib sovg‘a. Bunday qurilma ko‘chada ham, ishdagi qo‘ng‘iroqlar paytida ham, sport zalida ham - hamma joyda qulay.
Samsung Galaxy Buds Live modeli belgilangan hamyonga juda mos keladi. Loviya shaklidagi quloqchinlar tez ommalashdi. Qolaversa, ular vkladishli quloqchinlar bo‘lib, bunday tuzilish kundalik hayotda ba’zi odamlarga ichki kanal modellaridan ko‘ra ko‘proq yoqadi. Shubhasiz, ayniqsa bu birinchi darajali brendning ancha hamyonbop modeli ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, Buds Live juda yaxshi ovozga ega.