Toshkentning yana yettita koʻchasida avtobus yoʻlaklari paydo boʻladi
“Toshshahartransxizmat” poytaxt yoʻllarida tashkil etilgan avtobus yoʻlaklarining samaradorligi haqida maʼlumotlar bilan boʻlishdi.
Qayd etilishicha, ajratilgan yoʻlaklar paydo boʻlishi natijasida ushbu koʻchalarda qatnovchi avtobuslarning oʻrtacha tezligi 18 km/soatdan 24 km/soatga oshgan va 29 foizga yaxshilangan.
Tashkilotning hisob-kitoblariga koʻra, bu har kuni maxsus avtobus yoʻlaklaridan foydalanadigan 600 000 dan ortiq yoʻlovchilar uchun kuniga 100 000 soat tejaydi.
Hozirda mavjud boʻlgan 53 kilometr avtobus yoʻlaklaridan tashqari, yana yettita koʻchada umumiy uzunligi 18 kilometr boʻlgan avtobus yoʻlaklari joriy etish rejalashtirilgan. Yangi avtobus yoʻlaklari ajratilishi rejalashtirilgan koʻchalarning vaqti va nomlari eʼlon qilinmagan.