Верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
Oldin va hozir: “Osiyo” seriali aktyorlari 18 yil ichida qanday oʻzgardi?
10.02.2025 (yangilandi 10.02.2025)

Oldin va hozir: “Osiyo” seriali aktyorlari 18 yil ichida qanday oʻzgardi?

Oldin va hozir: “Osiyo” seriali aktyorlari 18 yil ichida qanday oʻzgardi?

“Osiyo” — 2010-yillarning eng shovqin-suronli va mashhur turk seriallaridan biri. Voqealar Antakya qishloqlaridan birida Osiyo Kozjuogʻlu va Temir Doʻgʻan hamda ularning oilalari hayoti atrofida boʻlib oʻtadi.

image

Ushbi mavsumda Sharm al-Shayxga

icon

Serial 2007-yil 26-oktyabrda ilk bor D Kanalda efirga uzatilgan. U 2 ta mavsum va 71 qismdan iborat. Har bir epizod 90 daqiqadan iborat. Rejissyor Javdat Merjan hisoblanadi. Yakuniy qism 2009-yil 19-iyunda efirga berilgan.

Turk kinosining eng latofatli aktrisalaridan biri, 42 yoshli Tuba Buyukustun (Osiyo) ayni vaqtda Fransiyaning Parij shahrida istiqomat qiladi. U UNICEF Goodwill loyihasining Turkiyadagi rasmiy elchisidir. Aktrisa Netflix tomonidan 2022-yilda suratga olingan “Oʻzga oʻzim” filmida soʻnggi marta rol ijro etdi.

Murat Yildirim (Temir) ham turk kinosining eng oldi va xushbichim aktyorlaridan biri hisoblanadi. U hozir 45 yoshda. Aktyor ijodiy faoliyati boshida teatrda rol ijro etgan. Rejissyor undagi mahoratni koʻrib, katta kinoga taklif qilgan. Yildirim 2024-yilda suratga olingan “Yashirin bogʻ” serialida bosh rolni ijro etdi.

Chetin Tekindor (Ehson Kozjuogʻlu) turk kinosi otaxonlaridan biridir. U teatrda ham oʻziga xos uzoq yillik tajribaga ega. Aktyor soʻnggi yillarda sogʻligʻidagi muammolar sabab kinoloyihalarda faol qatnashmayapti. U 2022-yildan hozirga qadar suratga olinayotgan “Qirol baliqchi” serialida Bursu Alptekin obrazini gavdalantirib kelmoqda.

Nur Surer (Narimon Kozjuogʻlu) oʻzining siyosiy chiqishlari, ayollar va mahbuslar huquqini faol himoya qilishi bilan turk jamoatchiligi orasida obroʻli sanaladi. Aktrisa 2024-yilda bir yoʻla uchta kinoloyihada suratga tushdi. Shuningdek, u oʻtgan yilda Netflixʼning “Kuchli qarsaklar” serialida qatnashdi.

Salma Ergech (Dafna) Germaniyada tugʻilib, voyaga yetgan. U 5 ta tilda ravon soʻzlasha oladi. Aktrisaning asl kasbi shifokor boʻlib, bir qancha yondosh sohalarda ham mutaxassisliklarga ega. Ergech “Osiyo”dan keyin biror mashhur loyihada suratga tushmagan. Ayniqsa, kino va seriallardagi ishtirokini 2010-yillardayoq tugatgan. Faqatgina 2021-yilda “Sovgʻa” veb-serialida Umida rolini gavdalantirdi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.