1
РУ
O’Z
UZS
/
/
“Oltin to‘p” uchun eng asosiy da’vogarlar nomi oshkor qilindi
13.07.2025

“Oltin to‘p” uchun eng asosiy da’vogarlar nomi oshkor qilindi

“Oltin to‘p” uchun eng asosiy da’vogarlar nomi oshkor qilindi

Mashhur sport nashri Give Me Sport 2025-yilgi “Oltin to‘p” mukofoti uchun asosiy nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda “Parij Sen-Jermen” klubining qanot hujumchisi Usmon Dembele mukofot uchun eng asosiy da’vogar hisoblanadi. Ikkinchi o‘rinda esa “Barselona” safida porlayotgan yosh iste’dod — Lamin Yamal qayd etilgan.

Ro‘yxatda uchinchi o‘rin “PSJ” yarim himoyachisi Vitinyaga nasib etgan. To‘rtinchi pog‘onada “Barselona” futbolchisi Rafinya turibdi. Kuchli beshlikni esa “Liverpul”ning etakchi hujumchisi Muhammad Saloh yakunlab turibdi.

Quyida sovrin uchun asosiy 10 da’vogar futbolchi ismi keltirilgan:

  1. Usmon Dembele — Fransiya, “Parij Sen-Jermen”, hujumchi
  2. Lamin Yamal — Ispaniya, “Barselona”, hujumchi
  3. Vitinya — Portugaliya, “Parij Sen-Jermen”, yarim himoyachi
  4. Rafinya — Braziliya, “Barselona”, hujumchi
  5. Muhammad Saloh — Misr, “Liverpul”, hujumchi
  6. Dezir Due — Fransiya, “Parij Sen-Jermen”, hujumchi
  7. Xvicha Kvaratsxeliya — Gruziya, “Parij Sen-Jermen”, hujumchi
  8. Kilian Mbappe — Fransiya, “Real Madrid”, hujumchi
  9. Nunu Mendesh — Portugaliya, “Parij Sen-Jermen”, himoyachi
  10. Ashraf Hakimi — Marokash, “Parij Sen-Jermen”, himoyachi

Ma’lumot o‘rnida, 2025-yilda “Oltin to‘p” mukofotini topshirish marosimi 22-sentyabr sanasida Parijdagi “Shatle” teatrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Sovrin uchun rasmiy nomzodlar ro‘yxati 7-avgust kuni e’lon qilinadi.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.