02.09.2025
Bloger Xonzoda mashinadagi trenddagi video uchun javobgarlikka tortildi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
O‘zbekistonlik bloger Xonzoda ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Bunga uning mashinada olgan videosi sabab bo‘lgan. Bloger bu haqda o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Ushbu trendda ishtirok etgan boshqa blogerlar ham shu kabi harakatlari uchun jazolandi: ularga jarima solindi, hatto ayrimlarining haydovchilik guvohnomalari olib qo‘yildi.
Xonzodaga kelsak, uning 260 million so‘mlik avtomobili jarima maydoniga jo‘natildi va haydovchilik guvohnomasi ham olib qo‘yildi.