“Oʻrgimchak odam 4” filmining premyera sanasi oʻzgardi


Tom Holland bosh rolni ijro etadigan “O‘rgimchak odam” franshizasining to‘rtinchi qismi premyerasi keyinroqqa qoldirildi. Bu haqda Sony studiyasiga tayanib THR xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, filmning yangi premyera sanasi 2026-yil 31-iyulga (24-iyul o‘rniga) moʻljallangan.
Kinokomiksning suratga olish ishlari 2025-yilning yozida boshlanadi. Syujet tafsilotlari sir saqlanmoqda. Aktyorlar tarkibiga Zendaya ham qaytadi. Rejissyor — Destin Deniel Kretton (“Shan-Chi va o‘nta uzuk afsonasi”).
“O‘rgimchak odam"ning yangi trilogiyasi 2017-yilda boshlangan va jami 3,9 milliard dollar kassa qilgan. 2026-yil iyul oyida Holland va Zendaya ishtirokidagi yana bir loyiha — Kristofer Nolanning “Odisseya” filmi (17-iyul) chiqariladi.