O‘z-o‘zini band qiladigan shaxs uchun O‘zbekistonda oson boshlanadigan yo‘nalishlar to‘plami: 2025-yilda 15 ta g‘oya


2025 yilda o‘z-o‘zini band qiladigan shaxs bo‘lish – o‘z mikrobiznesini boshlash uchun universal vosita hisoblanadi. Siz turli xizmatlar ko‘rsatishingiz, mahsulotlar ishlab chiqarishingiz va atrofdagilar hayotini yengillashtirishingiz mumkin. Ayniqsa, O‘zbekistonning soliq tizimi bunga imkon beradi, banklar esa o‘z-o‘zini band qiladigan shaxslar uchun kredit bo‘yicha qulay shartlarni taklif qilmoqda. TBC Bank bilan birgalikda, bugungi kunda o‘z-o‘zini band qiladigan shaxs qanday faoliyat bilan shug‘ullanishi, qaysi kasblar va kreditlar unga ochiq ekani haqida so‘zlab beramiz.

- Bolalar va yoshi katta kishilarga qarash, g‘amxo‘rlik qilish. Enagalar va qarovchilar eng kerakli va muhim kasblardan biridir. Agar siz Meri Popins yoki Freken Bok bo‘lsangiz – daromadsiz qolmaysiz. Ayniqsa o‘z-o‘zini band qiladigan shaxs sifatida ishlasangiz, siz ko‘rsatadigan faoliyat doim talabgir bo‘lishiga ishonchingizni komil qilavering.
- Uy xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish. Agar siz Zolushta kabi yashashga o‘rgangan bo‘lsangiz va boshqalarning uyini toza tutish, ovqat pishirishda yordam bermoqchi bo‘lsangiz – bu yo‘nalish aynan siz uchun.
- Mayda ta’mir va san-texnik xizmatlar. Qurilmani tuzatish, rozetkani almashtirish yoki lyustrani sozlashga usta bo‘lsangiz – “bir soatlik usta” dunyo bo‘yicha eng ommabop va obro‘li xizmat turlaridan biridir.
- Dacha va hovlilar landshaftini bezash. Landshaft dizayneri – nafaqat zamonaviy, balki juda kerakli kasb. Bu dunyoni chiroyliroq, mijozlaringizni esa baxtliroq qiladi.
- Uy hayvonlarini boqish va parvarish qilish, tovuq yetishtirish. Hayvonlarni yaxshi ko‘radigan va ular bilan til topa oladiganlar uchun mos faoliyat turi.
Kompyuter texnikasini ta’mirlash va sozlash. Dastur o‘rnatish, antivirus yangilash, internetni sozlash va boshqa xizmatlar – ayniqsa yangi va endi ish boshlagan o‘z-o‘zini band qiladigan shaxslar uchun muhim yo‘nalish.
- Avtomobil yuvish. Agar siz avtomobillarni yaxshi ko‘rsangiz va bir kun kelib Mercedes xarid qilishni orzu qilsangiz – kichikdan boshlang. Shunda mashinalarga tegishli bo‘lgan hamma narsa haqida o‘rganib olasiz.
- Rassomchilik. Ijodiy o‘z-o‘zini band qiladigan shaxslar uchun yo‘nalish. Agar siz rassom bo‘lsangiz, lekin hozircha faqat asarlaringizni omborga yig‘ayotgan bo‘lsangiz – bu yo‘l sizga mos keladi.
- Model bo‘lish. O‘zbek va xorijiy brendlar liboslarini podiumda namoyish etish, jurnallar, reklama va videokliplar uchun suratga tushish. Ko‘p qizlarning orzusi o‘z-o‘zini band qilish orqali ro‘yobga chiqadi!
- Multimedia va dizayn materiallarini yaratish va tahrirlash. Kelajak kasblaridan biri. Kasblar: veb va grafik dizayner, kompyuter o‘yinlari dizayneri, retusher, vektor grafikasi muharriri, motion-dizayner, ovoz rejissyori va boshqalar.
- Ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat. PR-mutaxassisi, SMM-menejer, ssenariynavis, targetolog, marketolog va boshqalar — ular brendlar, blogerlarni targ‘ib qiladi va Instagram dunyosini yanada rang-barang va informatsion qiladi.
- Kulolchilik. Agar siz gil va boshqa materiallar bilan ishlashni, qo‘l mehnati, pishirish texnikasi va bezaklarni bilsangiz – bu yo‘nalish sizga to‘g‘ri keladi. Agar bilmasangiz, mahalliy ustalardan o‘quv kurslarini o‘tib, o‘z-o‘zini band qilgan shaxs sifatida ish boshlashingiz mumkin.
- Kiyim-kechak tikish, matolar, aksessuarlar tayyorlash, munchoq tikish va hokazo. Tikuvchi, konstruktor va dizayner kasblari har qachongidan dolzarb. Chunki moda rivojlanmoqda va dunyo bo‘ylab o‘zbek brendlari e’tirof etilmoqda.
Uy sharoitida issiqxona mahsulotlari yetishtirish. Har doim sotuvga mo‘ljallangan hosilingiz bo‘ladi, xaridorlarda esa mazali va tabiiy meva-sabzavotlar.
- Bolalar o‘yinchoqlarini tayyorlash. Bolalar – bizning kelajagimiz. Baxtli bolalik nafaqat taassurotlar, balki sevimli o‘yinchoqlar bilan bog‘liq. Ishonamizki, siz yasagan mahsulot yillar davomida saqlanadi va avloddan-avlodga o‘tadi.
O‘z-o‘zini band qiladigan shaxslar uchun ruxsat etilgan barcha faoliyat turlarining to‘liq ro‘yxatini bu yerdan topishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, bu ro‘yxat Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoniga asosan 2026-yildan qisqartiriladi.
Yaxshi yangilik: bugunoq o‘z-o‘zini band qiladigan shaxslar O‘zbekistonda hech qanday kafillarsiz, ortiqcha hujjatlar va banklarga borishlarsiz kredit olishlari mumkin. Eng yaxshi takliflardan biri – TBC Bankniki. Agar bu sizni qiziqtirsa, quyida bu haqda batafsil keltiramiz.
O‘zbekistonda o‘z-o‘zini band qiladigan shaxslar uchun kreditlar: onlayn olish yo‘li
Bugungi kunda O‘zbekistonda kredit olish uchun uydan chiqish shart emas. TBC Bank o‘z-o‘zini band qiladigan shaxslar uchun maxsus taklif taqdim etmoqda.
Hammasi juda oson: ilovaga kirasiz, ro‘yxatdan o‘tasiz, arizani to‘ldirasiz va bir daqiqa ichida javob olasiz. Endi bankka borish, hujjat yig‘ish va haftalab kutish shart emas!
Sizdan talab qilinadigan yagona narsa — o‘z-o‘zini band qiladigan shaxs bo‘lish, arizani to‘ldirish va faoliyatingizga mos maqsadni tanlash. Hamma narsa tayyor bo‘lsa — eng yoqimli qismga o‘tamiz: pul mablag‘lari tasdiqlangach, TBC Bank kartasiga yoki hisob raqamiga o‘tkaziladi. Bunday qo‘llab-quvvatlov bilan biznesingiz albatta rivojlanadi!

* So‘nggi 300 000 foydalanuvchining o‘rtacha kredit olish vaqti. Aniq qaror qabul qilish vaqti mijozning kredit tarixiga bog‘liq va 1 daqiqadan kamroq yoki ko‘proq vaqt olishi mumkin. Foiz stavkasi 28 dan 49% gacha, muddati 3 oydan 36 oygacha, miqdori 300 ming so‘mdan 100 milliongacha. Batafsil ma’lumot va to‘liq shartlar — tbcbank.uz saytida.