1
РУ
O’Z
UZS
/
/
Xonanda Ruxshona imijini tubdan o‘zgartirdi
18.10.2025

Xonanda Ruxshona imijini tubdan o‘zgartirdi

Xonanda Ruxshona imijini tubdan o‘zgartirdi

Xonanda va aktrisa Ruxshona imijini tubdan o‘zgartirdi. U yangicha tarzda videoni ijtimoiy tarmoqlariga joylab, o‘z auditoriyasi bilan bo‘lishdi.

Kadrlarda xonanda hashamatli jingalak sochlari bilan namoyon bo‘ldi va bu bir zumda muxlislarning e’tiborini tortdi. “Shundaymi?” — deya savol berdi xonanda muxlislariga.

Yangilangan ko‘rinishida Ruxshona yanada jasur va zamonaviy obrazda ko‘rindi. U ilgari odatdagidek sokin va klassik uslubni afzal ko‘rgan bo‘lsa, bu safar o‘zini erkin va ishonchli ayol sifatida namoyon etdi.

Ko‘plab muxlislar xonandaning yangi imijini ijobiy kutib olib, unga “Bu o‘zgarish sizga juda yarashgan”, “Har safar yangi Ruxshonani ko‘ramiz” kabi izohlar qoldirishdi.

Ayrimlar esa bu o‘zgarish Ruxshonaning ijodida yangi bosqich boshlanishidan darak berayotganini ta’kidlashdi.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.