Maryam Tillayevaning ochiq uslubdagi kiyimi tanqidlarga sabab boʻldi


Bloger Maryam Tillayevaning oilaviy hayoti soʻnggi vaqtlarda koʻplab muhokamalarga sabab boʻlmoqda. U eʼlon qilgan rasmli post ham muhokamadan chetda qolmadi.
Birinchi prezident Islom Karimovning nevarasi Maryam Tillayeva ayni vaqtda O'zbekiston poytaxti Toshkent shahrida yashab, blogerlik faoliyati bilan shug'ullanmoqda.

Ijodkorning Instagramʼdagi sahifasida 28-fevral kuni fotopost eʼlon qilindi. Unda Tillayevani 20-asr go'zallik ikonasi hisoblanuvchi Merilin Monro obrazida byust qismi yarim ochiq kiyimda ko'rish mumkin.
Bunday noodatiy uslub muxlislar tomonidan turlicha qarshi olindi. Ayrimlar blogerga bunday uslubdagi kiyim yarashganini yozsa, boshqalar milliylikdan tashqariga chiqish yaxshi emasligini taʼkidlagan.