Samarqand noni geografik koʻrsatkich sifatida roʻyxatdan oʻtkazildi
![Samarqand noni geografik koʻrsatkich sifatida roʻyxatdan oʻtkazildi](/storage/articles/8378/fGPgNS1nE0DJHaGXQLswnJbksMh1Okgr.webp)
![Shohzamon Shuhratov](/storage/authors/zzlWR1wE13KnvWBRyBOB727GE2UHWfzF.webp)
Bundan qariyb ikki yil oldin gʻijduvon shashlik ham geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandi.
Samarqand noni geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Roʻyxatga olish ishlari joriy yilning 4-fevral kuni vazirlikning Samarqand viloyat boshqarmasi hamda “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan amalga oshirildi.
Adliya vaziri Akbar Toshqulov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevga “Samarqand noni” geografik koʻrsatkich hujjatini topshirdi.
“Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida"gi qonun bilan tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik koʻrsatkich deb eʼtirof etiladi.
Unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bogʻliq boʻladi.