верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzbekistonda 14–16-noyabrda ob-havo. Harorat qachon koʻtariladi?
12.11.2024

Oʻzbekistonda 14–16-noyabrda ob-havo. Harorat qachon koʻtariladi?

Oʻzbekistonda 14–16-noyabrda ob-havo. Harorat qachon koʻtariladi?

“Oʻzgidromet” haftaning ikkinchi yarmida respublika boʻylab qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi. Harorat biroz boʻlsa ham koʻtariladi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-15-noyabrda 1-6° sovuq, 16-noyabrda 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 14-noyabrda 3-8° iliq, 15-noyabrda 5-10° iliq, 16-noyabrda 7-12° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-noyabrda 2° sovuq-3° iliq, 15-16-noyabrda 0-5° iliq, baʼzi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 14-noyabrda 7-12° iliq, 15-16-noyabrda 10-15° iliq; Navoiy viloyatida kechasi 14-15 noryabrda 1-6° sovuq, 16-noyabrda 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 14-15-noyabrda 3-8° iliq, 16-noyabrda 5-10° iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14-noyabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, 15-16-noyabrda 0-5° iliq, baʼzi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 14-noyabrda 5-10° iliq, 15-16-noyabrda 8-13° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 14-noyabrda 10-15° iliq, 15-16-noyabrda 12-17° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 14-noyabrda kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. 15-16-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 14-noyabrda 5-10° iliq, 15-16-noyabrda 7-12° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 14-noyabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 15-16-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14-noyabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 15-16-noyabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.