РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzbekistonda 9 va 10-noyabrda ob-havo. Dam olish kunlaridan nima kutish kerak?
06.11.2024 (yangilandi 08.11.2024)

Oʻzbekistonda 9 va 10-noyabrda ob-havo. Dam olish kunlaridan nima kutish kerak?

Oʻzbekistonda 9 va 10-noyabrda ob-havo. Dam olish kunlaridan nima kutish kerak?

“Oʻzgidromet” respublika hududida dam olish kunlarida qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Havo biroz bulutli boʻladi, 8-noyabrda baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 9-10-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 8-noyabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, 8-noyabrda baʼzi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.

Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 8-noyabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 8-noyabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8-noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha, choʻl hududlarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, 8-noyabrda baʼzi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 8-noyabrda 5-10 daraja iliq, 9-10-noyabrda 8-13 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 8-noyabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, 8-noyabrda baʼzi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 8-noyabrda 5-10 daraja iliq, 9-10-noyabrda 8-13 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 8-noyabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 8-noyabrda 10-15 daraja iliq, 9-10-noyabrda 12-17 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 8-noyabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-noyabrda 5-10 daraja iliq, 9-10-noyabrda
7-12 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 8-noyabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 8-9-noyabrda 0-5 daraja iliq, 10-noyabrda 2-7 daraja iliq boʻladi.