“G‘aroyib doktor”: autizmga chalingan iqtidorli jarroh haqidagi dorama syujeti va aktyorlari


“G‘aroyib doktor” — 2013-yilda suratga olingan koreys doramasi bo‘lib, tibbiyot mavzusidagi dramatik seriallarni yoqtiradigan tomoshabinlarga manzur bo‘lgan. Serial shu qadar mashhur bo‘lib ketdiki, uning asosida bir necha boshqa shoular ham yaratilgan: Amerika versiyasi “Good Doctor”, Rossiyaning “Chudo doktor” va boshqalar. Ushbu loyihaning mazmuni va koreys aktyorlari haqidagi ma’lumotlarni quyida o‘qishingiz mumkin.
“G‘aroyib doktor” 2013: dorama syujeti
Yosh va iqtidorli jarroh Pak Shi-on bolaligini autizm spektrining buzilishi tufayli ijtimoiy markazda o‘tkazadi. Ammo o‘z tashxisiga qaramay, u orzusini ro‘yobga chiqarib, bolalar shifokoriga aylanishga muvaffaq bo‘ladi.
U kasbiy mahoratini oshirishda davom etadi, lekin yolg‘izlikdan aziyat chekadi. Chunki bemorlar va hamkasblar bilan muloqot qilish unga juda og‘ir kechadi. Pak Shi-onning intellekti 10 yoshli bolaniki bilan teng bo‘lsa-da, u o‘zini isbotlashga harakat qiladi. U bilan birga ishlaydigan hamkasblari — jiddiy va mag‘rur Cha Yun-son, haddan tashqari o‘ziga ishonchi yuqori bo‘lgan Kim Do-xan va qo‘pol, ammo sezgir Yo Chxe-gyong ham o‘z hayotiy sinovlari bilan kurashadi.

Doramada Pak Shi-on va boshqa shifokorlarning ishdagi sinovlari, bemorlarning taqdiri hamda qahramonlarning hayoti aks etadi. Bu serial tomoshabinni hayajonga soladigan dramatik voqealar, hayotiy holatlar va ko‘z yoshlar-u kulgu bilan boyitilgan.
Nega tomosha qilish tavsiya etiladi?
“G‘aroyib doktor” — nozik mavzuni yoritishiga qaramay, yengil va yoqimli serial. Undagi ta’sirchan hikoya va o‘zgarayotgan qahramonlar tomoshabinga iliq taassurot qoldiradi. Hamkasblari yordamida Shi-on o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi, sevishni o‘rganadi va unga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lgan hamkasblari esa qabul qilish va hamdardlik saboqlarini o‘zlashtiradi.