1
РУ
O’Z
UZS
/
/
O‘zbekistonda avgustning so‘nggi kunlarida: 28–31-avgust kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?
26.08.2025 (yangilandi 26.08.2025)

O‘zbekistonda avgustning so‘nggi kunlarida: 28–31-avgust kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda avgustning so‘nggi kunlarida: 28–31-avgust kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 28–31-avgust kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-31 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 28-30 avgustda 17-22°, 31 avgustda 14-19°, kunduzi 28-29 avgustda 34-39°, 30-31 avgustda 30-35° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-31 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 28-29 avgustda kechasi 20-25°, kunduzi 35-40°; 30 avgustda kechasi 20-25°, kunduzi 33-38°; 31 avgustda kechasi 16-21°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-31 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 28-29 avgustda kechasi 19-24°, kunduzi 34-39°; 30 avgustda kechasi 19-24°, kunduzi 32-37°; 31 avgustda kechasi 16-21°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-31 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 28-30 avgustda kechasi 20-25°, kunduzi 35-40°; 31 avgustda kechasi 18-23°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 30 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 28-29 avgustda 34-39°, 30 avgustda 33-38°, 31 avgustda 30-35° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 28-29 avgustda 25-30°, 30 avgustda 23-28°, 31 avgustda 20-25° bo‘ladi.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.