РУ
O’Z
UZS
/
/
“Qiz bazmi aslida oddiy bayram emas”. Fargʻonalik dekorator Mabrura bilan suhbat
31.01.2025 (yangilandi 31.01.2025)

“Qiz bazmi aslida oddiy bayram emas”. Fargʻonalik dekorator Mabrura bilan suhbat

“Qiz bazmi aslida oddiy bayram emas”. Fargʻonalik dekorator Mabrura bilan suhbat

Ushbu maqolada yosh boʻlishiga qaramay, Fargʻonadagi yirik tadbirlarni tashkillashtirayotgan dekorator Mabrura faoliyati haqida soʻz boradi. Biz mutaxassis bilan professional faoliyati, undagi qiyinchiliklar va qiziqarli holatlar haqida suhbatlashdik.

Blogerlik faoliyatini boshlashingizga nima turtki boʻldi?

Aslida bloger emasman, shunchaki tugʻilgan kunlarda, shodiyonalarda uylarni chiroyli qilib bezatib berish bilan shugʻullanaman. Hozirda siz qanchalik koʻp taniqli boʻlsangiz, ishingiz ham shuncha koʻp rivojlanadi.

Shu bois men lentaga kulgili va hayotiy videolar ham ulashib boraman. Men bachkana kontent olmaslikka, asosan odamlarga foydasi tegadigan videolar suratga olishga harakat qilaman.

Misol uchun, Vodilga borganimda Muqimiy sheʼridan misralar oʻqib oʻtaman. Shuningdek, juda koʻplab kitoblardan iqtibos keltiraman va bularning barchasini manbasi bilan koʻrsatib oʻtaman.

Dekoratsiya bilan shugʻullanish hobbimi yoki professional kasb?

Bezak ishlari bilan shugʻullanish avval qiziqish edi, endi esa daromad keltiradigan kasbga aylangan. Doim biror yaqin odamimga sovgʻa berayotganda zarqogʻozlari chiroyli boʻlishiga eʼtibor qaratardim. Keyinchalik gul doʻkonga ishga kirganman.

Faoliyat davomida koʻplab past-balandliklarni koʻrib, oʻzim tavakkal qilib, shu sohada mustaqil faoliyat yuritishni boshlaganman. Gʻoyalarim, kreativ yondashuvlarim ish davomida juda ham koʻp mijozlar orttirishimga foyda berdi.

Bezatish uchun eng koʻp taklif tushadigan tadbirlar qaysilar?

Hozirda eng koʻp taklif tugʻilgan kunlardan tushadi. Aynan yosh bolalarning tugʻilgan kuni deb ayta olaman. Tengqurlarim menga yozishadi va oʻgʻlim-qizim bir yoshga toʻldi, shuni oilaviy davrada chiroyli oʻtkazmoqchimiz, deyishadi.

Undan keyingi oʻrinda qizbazmi turadi. Aynan katta toʻydan oldin oʻtkaziladigan ushbu tadbir uchun Fargʻonaning oʻzidan ham juda koʻp takliflar kelib tushadi.

Dekoratsiya boʻyicha eng noodatiy buyurtmani yoki taklifni eslay olasizmi?

Albatta, eslay olaman. Eng noodatiy taklif bu hindcha party edi. Qadrdon xaridorlarim hindcha oqshom uyushtirishga qaror qilishgan va restoran ichida katta ayvon oʻrnatganmiz. Buning uchun 3 soat davomida 3 kishi mehnat qilgan.

Bu eng katta masshtabdagi ish edi. Yakunda juda ham hashamatli chodir qad rostlaganini koʻrib, oʻzim ham hayratda qolganman. Menga bunday ishlarda doim onam yordamlashadilar.

Bu sohada ish boshlamoqchi boʻlganlar nimalarga eʼtibor qaratishi kerak deb hisoblaysiz?

Birinchi oʻrinda, mijozlar bilan muomalaga eʼtibor qaratish lozim. Undan keyin esa mijoz sizdan talab qilayotgan narsaga eʼtibor berish kerak. Agar siz uning xohishini toʻla bajara olmasangiz, boshqa yoʻllar bilan takliflar kiritishingiz kerak boʻladi.

Shuningdek, tadbir sababchisining fikrini ham inobatga olish kerak. Masalan, bolakayning tugʻilgan kuni boʻlyapti va unga “Koʻk traktor” multfilmi yoqadi. Onasi esa umuman boshqa qoʻshiqni tanlayapti. Bu yerda imkon qadar oltin oraliqni topish kerak.

Uchinchindan, mijoz uchun qulayliklar taqdim etish shart. Misol, siz mijozning xohishidek hamma ishni qilib berdingiz va bundan ham ortiqroq ishlashga qodir ekaningizni anglab turasiz. Ayni shu vaqtda xaridorga hadya tariqasida qoʻshimcha narsalar ham berish mumkin.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.