O‘zbekistonda hafta boshida: 27–30-oktyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?
“O‘zgidromet” 27–30-oktyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 27-28 oktyabrda bazi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 29-30 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 27 oktyabrda kechasi 6-11°, kunduzi 19-24°, 28 oktyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 17-22°, 29-30 oktyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 17-22° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 28 oktyabrda bazi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27-28 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 27-28 oktyabrda 8-13°, 29 oktyabrda 6-11°, 30 oktyabrda 4-9°, kunduzi 27 va 29-30 oktyabrda 23-28°, 28 oktyabrda 21-26° bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 28 oktyabrda bazi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 27 va 29-30 oktyabrda 21-26°, 28 oktyabrda 18-23° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 28 oktyabrda bazi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 27-28 oktyabrda 10-15°, 29-30 oktyabrda 8-13°, kunduzi 27 oktyabrda 24-29°, 28 oktyabrda 21-26°, 29-30 oktyabrda 23-28° bo‘ladi.
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 28 oktyabrda bazi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-28 oktyabrda kechasi 8-13°, kunduzi 21-26°, 29-30 oktyabrda kechasi 6-11°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 28 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 27-28 oktyabrda 5-10°, 29-30 oktyabrda 3-8° iliq, kunduzi 27 va 30 oktyabrda 15-20°, 28-29 oktyabrda 13-18° bo‘ladi.