23.05.2025
Yangi “Qasoskorlar” belgilangan muddatda chiqmaydi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Disney studiyasi "Qasoskorlar" filmining beshinchi va oltinchi qismlarining chiqish sanasini o‘zgartirdi, deb xabar bermoqda OAV.
"Qiyomat kuni" 2026-yil 18-dekabrda (1-may o‘rniga) debyut qiladi, "Maxfiy urushlar" esa 2027-yil 17-dekabrda (7-may o‘rniga) ekranlarda paydo bo‘ladi. Suratga olish ishlari Londonda bo‘lib o‘tmoqda.
Aktyorlar tarkibi: kichik Robert Dauni (yovuz Doktor Dum), Kris Xemsvort (Tor), Tom Xiddlston (Loki), Patrik Styuart (Professor X), Ian MakKellen (Magneto), Jeremi Renner (Lochin ko‘zi), "Fantastik to‘rtlik," "Yashinchaqnatarlar" va boshqalar. Rejissorlar aka-uka Entoni va Jo Russo bo‘lib, ular "Cheksizlik urushi" va "Final" filmlarini suratga olishgan.