РУ
O’Z
UZS
/
/
O‘zbekiston shaharlaridan Xitoyga yangi avtobus qatnovlari joriy etiladi
09.01.2025

O‘zbekiston shaharlaridan Xitoyga yangi avtobus qatnovlari joriy etiladi

O‘zbekiston shaharlaridan Xitoyga yangi avtobus qatnovlari joriy etiladi

O‘zbekistonning turli shaharlaridan qo‘shni davlatlarga yangi avtobus qatnovlari tashkil etish rejalashtirilmoqda. Xususan, Buxoro — Turkiston, Toshkent — Ufa, Nukus — Urumchi yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yiladi. Transport vazirligi qatnovlarni amalga oshirish istagidagi tashuvchilarga hamkorlik taklif qildi.

Xalqaro tashuvlarda avtobus qatnovlari ulushini oshirish maqsadida O‘zbekistonning turli shaharlaridan qo‘shni davlatlarga yangi avtobus qatnovlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Transport vazirligi matbuot xizmati.

Yangi xalqaro yo‘nalishlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Qozog‘istonga

  • Buxoro — Turkiston;
  • Urganch — Aktau;
  • Farg‘ona — Olmaota (Tojikiston orqali).

Tojikistonga

  • Samarqand — Dushanbe;
  • Buxoro — Dushanbe.

Qirg‘izistonga

  • Andijon — O‘sh;
  • Andijon — Jalolobod;
  • Andijon — Arslanbob;
  • Kosonsoy — Jalolobod;
  • Buxoro — Bishkek.

Rossiyaga

  • Surxondaryo — Buxoro — Urganch — Nukus — Moskva;
  • Urganch — Nukus — Ufa;
  • Nukus — Krasnodar;
  • Toshkent — Ufa;
  • Toshkent — Krasnodar.

Xitoyga

  • Nukus — Urganch — Buxoro — Urumchi.

Vazirlik muntazam xalqaro yo‘nalishlarda avtobus tashuvlarini amalga oshirish istagidagi tashuvchilar shu yo‘nalishlarda paritet qatnovlarni amalga oshirmoqchi bo‘lgan xorijiy tashuvchilarni jalb qilgan holda murojaat qilishi mumkinligini bildirdi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.