Ketrin Bigelou rejissyorligidagi “Dinamit uyi” filmining tizeri taqdim etildi


Netflix Ketrin Bigelouning shiddatli syujetli “Dinamit uyi” filmining ilk tizer-treylerini e’lon qildi. “Oskar” sovrindori Ketrin Bigelouning (“Bo‘ron hukmdori”) yangi asari 24-oktyabrda strimingda namoyish etiladi.
Filmda Idris Elba, Rebekka Fergyuson, Jeyson Klark, Jared Xarris, Greta Li va boshqalar rol ijro etishgan. Syujet voqealari AQSHda raketa hujumi sodir bo‘layotgan paytda kechadi. Vaziyat rivojiga prezident (Elba) boshchiligidagi bir necha shaxs ta’sir o‘tkazishga harakat qiladi.
Ssenariyni Noa Oppenxaym (“Nol kun”) yozgan. “Dinamit uyi”ning jahon premyerasi Venetsiya kinofestivali tanlovida o‘tkazildi. Tanqidchilar filmni ijobiy baholadilar (Rotten Tomatoesda 89 foiz ijobiy baho oldi).