1
РУ
O’Z
UZS
/
/
O'zbekistonda joriy ish haftasida: 11–15-avgust kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?
11.08.2025

O'zbekistonda joriy ish haftasida: 11–15-avgust kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

O'zbekistonda joriy ish haftasida: 11–15-avgust kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

11–12-avgust kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va issiq ob-havo saqlanib turadi.

Havo harorati asosan 38-40 daraja, janubda 42 darajagacha bo‘ladi. Faqat shimoli-g‘arbiy viloyatlarda va cho‘l hududlarda ertaga kunduzi harorat 2–3 darajaga pasayadi.

13-avgust — chorshanba kuni haroratning pasayishi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Lekin issiqning sezilarli darajada pasayishi ish haftasining ikkinchi yarmida kutilmoqda, bunda respublika hududining katta qismida harorat 34–37 darajagacha, faqat eng chekka janubda 40 darajagacha pasayadi.

Ushbu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida 13-avgust kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda: asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi, 10–12 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechalari 21–23 daraja, kunduz kunlari 11–12 avustda 38–40 daraja, 13-avgustda 36–38 daraja, 14–15 avgustda 34–37 daraja bo‘ladi.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.