Kristofer Nolanning “Odisseya” treyleri dekabr oyida namoyish etilishi mumkin


World of Reel portali Kristofer Nolanning “Odisseya” epopeyasi rasmiy treylerining taxminiy chiqish muddatini ma’lum qildi.
Dastlabki rolikni tomoshabinlar 19-dekabrdan boshlab uchinchi "Avatar" filmining namoyishidan oldin ko‘rishlari ehtimoli bor. "Odisseya"ni ishlab chiqaruvchi Universal studiyasi bu ma’lumotni sharhlamadi. Kartinaning ilk tizeri iyul oyida “Fantastik to‘rtlik” filmidan oldin namoyish etilgan edi.
“Odisseya” Homerning klassik dostoniga asoslangan. Syujet Troya urushidagi g‘alabadan so‘ng o‘z vatani Itaka oroliga qaytayotgan Odissey podshohi (Mett Deymon) haqida hikoya qiladi. Loyihada shuningdek, Tom Holland, Zendeya, Sharliz Teron, Enn Xeteuey, Robert Pattinson va boshqalar ham ishtirok etgan.
Filmnning byudjeti 250 million dollarni tashkil etdi. Suratga olish ishlari avgust oyida yakuniga yetdi. “Odisseya” AQShda 2026-yil 17-iyulda ekranlarga chiqariladi.