Nursultonning ukasi Mashrab Roʻziboyev ham UFC jangchisiga aylandi


Oʻzbekistonlik MMA ustasi Mashrabjon Roʻziboyev UFC jangchisiga aylandi va darhol jangga rozilik berdi.
Nursulton Roʻziboyevning ukasi 16-fevral kungi UFC turnirida amerikalik Jared Gordon bilan toʻqnash keladi. Jang yengil vazn toifasida boʻlib oʻtadi.
Mashrabjon turnir boshlanishiga 4 kun qolganida ushbu jangni qabul qilib oldi. Mazkur turnir doirasida Kauye Fernandes va Jared Gordon oʻzaro jang qilishi lozim edi. Ammo Fernandes jarohat oldi va jangda qatnasha olmaydigan boʻldi. Mashrabjon Roʻziboyev esa Gordon bilan jang taklifiga rozilik berdi.
Qayd etish joiz, Mashrabjon qoʻshilganidan keyin UFCʼdagi amaldagi oʻzbekistonliklar soni 4 nafarga yetdi. Bular Nursulton Roʻziboyev, Bogdan Guskov, Ramazon Temirov va Mashrabjon Roʻziboyev.
Maʼlumot oʻrnida, Mashrabjon Roʻziboyev oʻzbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Roʻziboyevning ukasi hisoblanadi. 28 yoshli Mashrabjon professional faoliyati davomida 25 ta jang oʻtkazib, 20 gʻalaba va 4 magʻlubiyat qayd etgan, bitta jang natijasi esa bekor qilingan.