O‘zbekistonda yangi haftada: 10–17-avgust kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?


“O‘zgidromet” 10–17-avgust kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-12 avgustda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-11 avgustda 20-25° bo‘ladi, 12-17 avgustda asta-sekin 15-20° gacha pasayadi, kunduzi 10-11 avgustda 35-40° bo‘ladi, 12-17 avgustda asta-sekin 28-33° gacha pasayadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-13 avgustda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-14 avgustda 21-26°, 15-17 avgustda 17-22°, kunduzi 10-11 avgustda 37-42° bo‘ladi, 12-17 avgustda asta-sekin 31-36° gacha pasayadi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-13 avgustda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-14 avgustda 19-24°, 15-17 avgustda 17-22°, kunduzi 10-12 avgustda 35-40°, 13-14 avgustda 33-38°, 15-17 avgustda 31-36° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-13 avgustda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-14 avgustda 21-26°, 15-17 avgustda 19-24°, kunduzi 10-13 avgustda 37-42°, 14 avgustda 35-40°, 15-17 avgustda 33-38° bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 15-16 avgustda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 avgustda 19-24°, 16-17 avgustda 16-21°, kunduzi 10-12 avgustda 34-39°, 13-14 avgustda 32-37°, 15-17 avgustda 30-35° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 15-16 avgustda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-13 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-13 avgustda 14-19° bo‘ladi, 14-17 avgustda 10-15° gacha pasayadi, kunduzi 10-12 avgustda 27-32° bo‘ladi, 13-17 avgustda asta-sekin 22-27° gachach pasayadi.